noagressiv,
77
kuchsiz agressiv va kuchli agressiv.
Muhitning agressivlik darajasini aniqlash
uchun atmosferada kuzatuv ishlari olib boriladi, qurilish materiallari uchun
zararli hisoblangan havodagi va yog'in-sochindan tushgan suyuq, qattiq va
gazsimon kimyoviy moddalaming tarkibi, xossasi va konsentratsiyasi asboblar
yordamida o'lchanadi. Agressiv moddalaming tarkibi va konsentratsiyasini
aniqlash uchun namunalar uch kun mobaynida tomdan yuqori va yerga
yaqin qatlamlardan olinadi. Olingan ma’lumotlar muhitning agressivlik
toifasini aniqlash va tekshirilayotgan konstruksiyani keyingi hisoblarida
kerak bo'ladigan, qurilish materiallari ish sharoiti koeffitsientlarini
oydinlashtirish imkonini beradi.
Shamol kuchi hisoblanar ekan, shamolning tezligi va yo'nalishini
o'lchashda inshoot va relyefning aerodinamik xususiyatlari ta’sirini chiqarib
tashlash lozim. O'lchashlar yerdan 1,5 m, tomning eng baland yeridan 2
m balandlikda olinadi.
Konstruksiyalami detalma-detal tekshirishni eng mas’uliyatli
elementlardan boshlash kerak. Tekshirishdan maqsad — shikastlangan joylami
aniqlash. Yuk ko'taruvchi nuqsonli elementlami shartli ravishda ikki guruhga
bo'lish mumkin: birinchi guruh shikastlari ko'zga tashlanmaydi, ikkinchi
guruhda kichkina joydagi yemirilishlar ko'rinib turadi. Birinchi guruhga
xos nuqsonlami aniqlashda obyektning tayanch qismlari va birikmalarga
alohida e’tibor berish zarur. Elementlar tayanchining to'g'riligi, tayanch
maydonchasiga to'g'ri biriktirilganligi, payvandlash sifati, boltli
birikmalarning tig'iz buralganligi tekshiriladi. Payvand choklari teshirilar
ekan, birinchi navbatda katta zo'riqishli steijenlar kelib tutashadigan tugunlar
ko'zdan kechiriladi. Tekshiruv chog'ida ortiqcha montaj choklarini belgilab
qo'yish zarur, chunki ular konstruksiyaning hisoblash sxemasini o'zgartirishi
mumkin. Metal konstruksiyalarning siqiluvchan elementlarini alohida
sinchkovlik bilan tekshirish zarur. Metal fermalaming siqilishga ishlaydigan
steijenlarida bukilish hollari ko'p uchraydigan nuqsonlardan hisoblanadi.
Vertikal va gorizontal bog'lagichlar (svyazi) puxta tekshirilishi lozim.
Nuqsonlarning ikkinchi guruhiga kichik yemirilishlar tufayli zaiflashgan
elementlar kiradi. Boltlardagi kesilgan va tilingan joylar, siniqlar, alohida
elementlarning uzilgan yerlari va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Uslubiy nuqtayi nazardan zaiflanishlarning ikki xilini alohida guruhga
ajratish mumkin. Bular zanglashlar va yoriqlardir. Tekshirish jarayonida
yoriqlaming mavjudligi aniqlanadi, ularning paydo bo'lish sabablari
o'rganiladi, eng ko'p zang bosgan joylar belgilanadi.
Konstruksiyalarning zang bosgan elementlarini aniqlashda shuni nazarda
tutish kerakki, texnologik jarayon bo'yicha agressiv moddalar mavjud
bo'ladigan sexlardagi metall va temirbeton konstruksiyalar ko'proq zanglaydi.
78
Oddiy bino va inshootlarda agressiv grunt suvlari ta’sirida binoning yer osti
qismi va tomi ko'proq zanglaydi. Maksimal kuchlanishlar hosil bo'ladigan
uchastkalar, yig'iq kuchlar qo'yilgan joylar, ventilatsiya tizimining kirish
qismlari va yaxshi shabadalanmaydigan zonalarda, ko'p chang o'tiradigan
joylarda, shuningdek, betonning himoya qatlami va zangga qarshi qoplama
ko'chgan yerlarda zang qoplanishini ko'proq kuzatish mumkin.
Qurilish konstruksiyalari ning yuk ko'taruvchi elementlarida eng ko'p
uchraydigan nuqsonlardan biri yoriqlar bo'lib, bular loyihalash, tayyorlash
va ekspluatatsiya qilish jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar tufayli vujudga keladi.
Metall konstruksiyalarda yoriqlaming paydo bo'lishi aksariyat hollarda
charchash (усталость) hodisasi bilan bog'liq. Metalining zanglashi ham
yoriqlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Harorat kuchlanishlari payvand
choklarda mikroyoriqlar hosil qiladi. Statik yuklar qo'yilgan metall
konstruksiyalarda yoriqlar quyi temperaturalarda yoki katta tezlik bilan
yuklangan hollarda paydo bo'ladi. Metall konstruksiyalarning plastikligi
yuqori bo'lganligi uchun ularda yoriqlar temirbeton, g'isht va tosh
konstruksiyalarga nisbatan kamroq uchraydi.
Temirbeton va g'ishtin inshootlarni sinchiklab tekshirishda
konstruksiyalardagi yoriqlarni o'rganish mas’uliyatli bosqichlardan sanaladi.
Yoriqlarsiz inshootlar yoriqli inshootlarga nisbatan kam uchraydi. Agar
mikroyoriqlar ham hisobga olinadigan bo'lsa, yoriqlarsiz beton yoki g'isht
umuman bo'lmaydi, deb aytish mumkin. Yoriqlarga baho berishda asosiy
mezon ulami yuk ko'taruvchi konstruksiyalarga soladigan havfi qay darajada
ekanligidir. Xavflilik darajasiga qarab yoriqlarni uch guruhga ajratsa bo'ladi:
1) faqat sirtlaming sifatini pasaytiradigan xavfsiz yoriqlar;
2) kesimlami zaiflashtiradigan xavfli yoriqlar;
3) ikki guruh o'rtasidagi yoriqlar; bu yoriqlar ekspluatatsion sharoitni
yomonlashtiradi, elementning yeyilishini tezlashtiradi, konstruksiyaning
ishonchliligi va umrboqiyligini kamaytiradi, ammo konstruksiyalarga bevosita
xavf solmaydi.
Ikkinchi va uchinchi guruh yoriqlari paydo bo'lgan konstruksiyalarda
ekspluatatsion sifatlarni tiklashga doir tadbirlar ko'rilishi lozim.
Konstruksiyaning o'ziga xos tomonlariga qarab qayta tiklashning turli usullari
qo'llanilishi mumkin. Usullarning eng soddasi — yoriqlarni qorishma bilan
suvash usulidir. Agar yoriqlar keyinchalik kengayib, konstruksiya
mustahkamligiga xavf soladigan bo'lsa, uni alohida tig'izlash lozim bo'ladi.
Olib borilgan ko'p sonli tekshiruvlar natijalarining tahlili temirbeton va
g'ishtin inshootlarning yuk ko'taruvchi elementlarida yoriqlaming paydo
bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqida ma’lum bir tasawur hosil qilish
imkonini beradi.
79
L L
6.1-rasm. Devorlarda
notekis cho'kishdan hosil
bo'lgan yoriqlar.
Dostları ilə paylaş: |