Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ONA TILI 5-sinf
 
Chumchuqdek keladigan kichkina, kulrang…(sayroqi, o‘yno-
qi, vaysaqi) qush bulbul deb ataladi. …(Ko‘hna, Eski, Qadimgi) 
turkiy tilimizda sandulach ham … (gapiriladi, aytiladi, deyila-
di). Bulbulning… (nolasi, sadosi, xirgoyisi)ni sevib tinglashadi. 
Kuy 
lari qalbda allaqanday… (dahshatli, yoqimli, tantanavor) 
hislarni uyg‘otadi.
 32-mashq.
 Uyga vazifa. “Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming 
tanga
” degan fi krga qo‘shilasizmi? Munosabatingizni 10–12 ta gap 
orqali yozma bayon qiling.
8
-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
 
 Topshiriq.
 Matnni tinglang. 
Odamiylik
XII asrda yashagan Shayx Azizuddin Nasafi yning “Komil 
inson” kitobida quyidagilarni o‘qiymiz: “Oda miylik alomati to‘rt 
sifatdir, ya’ni: yaxshi so‘z, yaxshi ish, yaxshi xulq va ma’rifat. 
Kimda ushbu to‘rt sifat bo‘lsa – odamiydir, ammo kimdaki bu 
sifatlar bo‘lmasa, u odamiylardan emas. Kimki ushbu to‘rt sifat-
ni kamolga yetkazgan bo‘lsa, komil insondir”. 
Sizningcha, bu sifatlar nimalardan iborat?
Matnning davomini o‘qing va o‘z fi kringizni muallif 
fi kri bilan solishtiring. 
Yaxshi so‘z – odamiylikning tamal toshi, tarbiyalanganlik-
ning asl mevasi, insonning ziynati. Darhaqiqat, odamning 
odamga, elning elga nisbatan ezgu muomalasigina bu dunyo-
ning davomiyligini ta’minlaydi va madaniyatini belgilaydi.
Yaxshi ish – odamiylikning ikkinchi mezoni. Dunyoda ezgu 
maqsad va ezgu ish abadiy qoladi.
 Lug‘at:
 odamiylik
– odamga, chin insonga xos xislatlar
http://eduportal.uz


17
ONA TILI 5-sinf
 
Yaxshi xulq – odamiylikning uchinchi alomati. Yaxshilik 
yo‘lini tutganlar yaxshi xulq sohibi ham bo‘ladilar.
Ma’rifat – odamiylikning to‘rtinchi belgisi. 
Zero, har bir muslimga “Beshikdan to qabrgacha ilm izlash” 
joizdir. (
“Odamiy ersang…” kitobidan
)

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin