Munosabat bildiring.
1. Donishmandning fi kriga nima deysiz?
2. Sizningcha, so‘zni yana nimalarga o‘xshatish mumkin?
http://eduportal.uz
15
ONA TILI 5-sinf
29-mashq.
“Tarbiya kitobi
”dan olingan Muhammad Zehniyning hik-
mati bilan tanishing, nuqtalar o‘rniga zarur harfl arni qo‘yib, ko‘chiring.
Bolala... o‘z otalari...an ...eros qi...ib ola...igan uch a...zal
na...sa bor, bular: ...ushmuomalalik, odo..., s...doqat.
30-mashq.
Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qing. Ma’nosida-
gi farqqa e’tibor bering va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yondash-yondosh, uyim-uyum, tasir-ta’sir, mard-mart, qiy-
mat-qimmat, kaft-kift.
Namuna:
Mard maydonda bilinadi. 21-mart – mening tug‘il-
gan kunim.
31-mashq.
Gaplardagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘zlardan mo-
sini qo‘yib ko‘chiring. Nega aynan shu so‘zni tanlaganingizni izohlang.
Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishi-
dan qaysi birini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir
necha bo‘limlarga bo‘linadi.Tilning tovush tuzilishi
fonetika
bo‘limida, harfl ar tizimi esa
grafi ka
bo‘limida o‘rganiladi.
So‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari bilan
orfografi ya (imlo)
da,
to‘g‘ri talaffuz qoidalari bilan esa
orfoepiya
bo‘limida tani-
shiladi. So‘z va uning ma’nolarini
leksikologiya
bo‘limi, so‘z
turkumlarini
morfologiya
bo‘limi o‘rganadi.
Gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi bilan
sintaksis
bo‘limida tanishasiz. Sintaksis bo‘limi bilan uzviy bog‘liq
bo‘lim
punktuatsiya
dir. Unda tinish belgilarining vazifalari
o‘rganiladi.
Shunday qilib, tilshunoslik
fonetika, grafi ka, orfografi ya,
orfoepiya, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va punktu
-
at siya
bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir.
Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunos-
lik bo‘limi
fonetika
dir. Nutq tovushlari, tabiatdagi boshqa
tovushlardan farqli ravishda, muloqot uchun xizmat qiladi.
http://eduportal.uz
|