Topshiriq. Matnni o‘qing. Maqsadga yetish uchun hara- kat qilish kerak ekanligiga e’tibor bering. Keksa bir qayiqchi qayig‘idagi esh kaklarning biriga “
Ishon ”,
ikkinchisiga “
Harakat qil ” deb yozib
qo‘ygan ekan. Buning ma’nosini so‘-
ra ganlarga u shunday deb javob be-
rarkan:
– Daryodan suzib o‘tish uchun har
ikki eshkakka ehtiyoj bor. Harakat-
siz ishonch, ishonchsiz harakat sizni
olg‘a yetaklamaydi. Daryoni bitta eshkak bilan suzib o‘tib
bo‘lmaganidek, hayot yo‘llariga ham ularning bittasi bilan chi-
qib bo‘lmaydi, har ikkisiga tayanish kerak. (
“Donolar bisoti”dan )
24-mashq. Savollarga javob bering. – Shamol esayotgan paytida daraxtlar-
ning shoxlari, barg lari harakatlanayotgani
yaqqol ko‘rinadi. Havo sokin paytida ham
daraxtlar harakatda bo‘ladimi? Bu qaysi
so‘zlar yordamida ifodalanadi?
– Odamlarning harakat va holati qan-
day so‘zlar bilan ifodalanadi? “Ha rakatda –
barakat” dеgan iborani qanday sharhlaysiz?
25-mashq. Berilgan hikmatlardan fe’llarni aniqlang, gaplarni daftari- n gizga yozing. 1. Biz o‘z hayotimiz davomida nimaga ishonsak va nima-
ni kutsak, o‘shanga erishamiz. 2. Hayot go‘zalligiga ishonsa-
ngiz, hayotingiz go‘zallashadi. 3. Siz o‘zingizga ishonsangiz,
har qanday qiyinchiliklardan chiqish yo‘lini topasiz. 4. Kasallik-
dan qo‘rqsangiz, bemor bo‘lasiz. 5. Omadga ishonsangiz, uni
yaratasiz. (
“Hikoyalar sarasi”dan )
http://eduportal.uz
13
ONA TILI 5-sinf 26-mashq. Rasmlar asosida harakat va holat haqida fi kr bildiring. Harakatni ifodalovchi so‘zlarga misollar keltiring. Siz o‘z nutqingizda