1-MAVZU BIOLOGIYANI O‘QITISH METODIKASI PREDMETI,
O‘RGANISH OB’EKTI, MAQSADI VA VAZIFASI (2 SOAT)
REJA:
1.Fan va o‘quvfani tushunchalari.
2.Pedagogika va xususiy metodika.
3.Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti va ob`ekti.
4.Biologiya o‘qitishning ilmiy tadqiqot metodlari.
5.O‘zbekitson Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Tayanch iboralarlar.
Fan va o‘quv fani tushuncha, pedagogika va xususiy metodika, biologiya o‘qitish
metodikasining predmeti va ob’ekti, biologiya o‘qitishning ilmiy tadqiqot
metodlari.
Biologiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘quv, jarayonlar, prinstiplar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur prinstip
va qonuniyatlarni bilish O‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quv-
tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish
imkonini beradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning
o‘qitish
shakllari, metodlari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishning
maqsad qilib qo‘yadi.Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi
o‘quvchilarga biologik o‘kuv fanlar bo‘yicha chuqur atroflicha bilim berish,
ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak
beruvchi o‘quv
fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va metodlarini
ishlab chiishdan iborat.
Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida
Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va
xodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan, hamda tadqiqot ilinayotgan
narsa xodisalar to‘g‘risida to‘li va chuur bilim olishga aratilgan. Fanning asosiy
funksiyasi tadqiqot hisoblanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog‘liq o‘quvchilarning
bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadi qilishni
maqsad kilib ko‘yadi.
Fanning asosiy belgisi bo‘lib,
maqsadning aniligi, o‘rganish predmeti,
bilimlarni bqilish usullari va shakllari hisoblanadi. SHu bilan birga fanning
rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo‘lgan kashfiyotlarni qilish ham
muhim sanaladi.
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. SHu sababli
uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va
vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taaluli bo‘lgan
pedagogik oidalarni, biologik o‘quv materialiga tadbi etishga yo‘nalgan. SHu
bilan bir atorda biologiya o‘qitish
metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik,
pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini,
mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinstipini belgilab beradi.
Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning
o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan biologik
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganiklari bilan belgilanadi. Ular esa o‘z
navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiodi, tabiat,
jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning
rivojlanish darajasi,
qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatdan takomillashtirishga
bo‘lgan extiyoji bilan ifodalanadi.
Biologiya o‘qitishning maqsadi yuorida qayd qilingan omillardan kelib
chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini
boshqarish imkoniyatini beradi.
Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari tubandagilardan iborat:
1.
O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga etkazishda o‘quv fanining
o‘rnini aniqlash;
2.
Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq etish;
3.
O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi
mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash;
4.
Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga
olgan holda,
o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiish;
5.
O‘qitish jarayonida o‘llash uchun zarur jihozlarni anilash. Biologiya xonasi
tirik burchak, tajriba er maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio,
video vositalarni belgilash.
Biologiya o‘qitish metodikasining ob’ekti bo‘lib, mazkur o‘quv fani bilan
aloqador bo‘lgan o‘quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti bo‘lib biologik bilimlarning maqsadi,
mazmuni, o‘qitish usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Biologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari:
1.Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish
va faoliyatdagi ijobiy,
salbiy tomonlarini anilash;
2.Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal
etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi
farazlarni ilgari surish;
3.Ilgari surilgan farazlarning anchalik hayotga yaqin ekanliklarini aniqlash
maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish
hamda tajribaviy, nazorat
sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash;
4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil
qilish, umumlashtirish va xulosalash;
5.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar
yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning
ommaviy maktablarda
tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish.