Odam genetikasi


Analiz qiluvchi chatishtirish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

Analiz qiluvchi chatishtirish 
- dominant belgiga ega bo‘lgan or- 
ganizmni allellari bo‘yicha retsessiv gemozigot organizmga chatishti­
rish yo‘li bilan dominant belgili organizmlaming genotipini aniqlash 
uchun o‘tkaziladigan tahlil.
Androgenez 
- (grckcha ander - erkak, genesis - taraqqiyot) 
urg‘ochi jinsiy hujayra yadrosining shikastlanishi oqibatida faqatgina 
otalik yadrosi tutgan urugiangan tuxum hujayra taraqqiyoti, ya’ni 
erkakcha partenogenez.
Anizogametalar 
- (grekcha anisos - bir xil bo‘lmagan, gemetes -
er, gamete - xotin) oichamlari bir xil bo‘lmagan gametalar (yirik mik- 
rogametalar va mayda mikrogemetalar). Sinonimi - geterogametalar.
Aminokislota 
(yoki nukleotid) 
kodi 
- RNK kodlaridan iborat
oqsil biosintezi jarayonida bu kodlar tartibi aminokislotalar tartibiga 
aylanadi.
Anomal gemoglobin allellari 
- normal gemoglobin NbA mutatsi- 
yaga uchraganida paydo bo‘ladigan allellar, gemoglobinopatiyalar, 
ya’ni molekulyar kasalliklar. Bunday allellar gen qismi - mutonning 
ichida ro‘y beradigan o ‘zgarishlar tufayli vujudga keladi. Mana shun- 
day allellaming yuztaga yaqini bor. Masalan: o ‘roqsimon hujayrali 
anemiya, talassemiya paydo boiishiga olib keladigan allel.
Anomaliyalar, 
rivojlanishning irsiy anomaliyalari - organlar 
tuzilishining buzilishi. Bu o‘zgarishlar gen yoki xromosomalaming 
qayta tuzilishiga bogiiq. Polidaktiliya sindaktiliya, araxnodaktiliya 
va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
Antikodon 
- q. Kodon.
Antimutagenlar 
(anti + mutagenlar) - o‘z-o‘zidan ro‘y beruvchi 
yoki ataylab vujudga keluvchi mutatsiyalar chastotasini susaytiruvchi 
omillar.
Antitelolar 
- organizmga yot oqsil kirganda hosil boiadigan va 
shu yot oqsilning zararli ta’sirini yo‘qotadigan oqsil moddalar.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin