Autosom alar
(grekcha auto - о ‘zi, soma - tana) - j insiy bo‘ lmagan,
ya’ni ikkala jins individida ham bir xil tuzilishga ega bo‘lgan xromo
somalar.
Autosom dominant yo ‘l bilan belgilarning nasldan-naslga
o ‘tishi
- autosomalar bilan tutashgan dominant belgilarning irsiyla-
nishi. Bunday belgilar qatoriga bir tutam oq sochning boiishi, soch-
laming «qilsimonligi» va boshqa kasalliklar kiradi.
Autosom retsessiv yo‘l bilan belgilarning nasldan-naslga o‘tishi -
autosomalar bilan tutashgan belgilarning irsiylanishiga aytiladi.
Axrom atik dug
- iplardan iborat sitoplazma strukturasi. Hujay-
ralaming bo‘linishi davrida hosil bo‘ladi. Xromosomalaming taqsim-
lanishi uchun xizmat qiladi.
Belgilarning ajralishi
(G.Mendelning ikkinchi qonuni) - getero-
zigota ota-onalaming chatishishi natijasida 3:1 nisbat hosil bo‘lishi.
Bivalent
- meyoz vaqtida bir-biriga yaqinlashib olgan gomologik
xromosomalar jufti. Bivalent hosil qiluvchi ikkala xromosoma uzuna-
siga bo‘linib, ikkita xromatidaga ajralgan bo‘ladi va bivalent to‘rtta
xromatin - tetradadan tashkil topadi.
Variatsiya qatori
- materialning minimal kattalikdan maksimal
kattalikkacha bir qator joylashuvi (miqdoriy belgilari).
Variatsiya qatorlarining asosiy ko‘rsatkichlari
- o‘rtacha
arifmetik qiymat va uning xatosi; o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi -
o‘rtacha kvadratik ayirma; o ‘rtacha arifmetik qiymatning qanday
ulushini tashkil etishini ko‘rsatuvchi variatsiya koeffitsienti; ikkita
kuzatuv solishtirib ko‘rilganda ishonchlilik koeffitsienti va boshqa
parametrlari hisoblanadi.
Vitam inlar
(lotincha vita - h ay o t) - organizimning normal mod-
da almashinuvi va hayot faoliyati uchun odam va hayvon ovqatida
kam miqdorda lozim bo‘ladigan turli kimyoviy tarkibdagi organik
moddalar. Vitaminlar haqidagi ta’limotning asoschisi rus vrachi
N.I.Lunindir.
Dostları ilə paylaş: