Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

Antropogenetika 
- odam genetikasi.
Antropogenetikaning geneologik uslubi 
- belgilaming nasldan- 
naslga o‘tishini, nasl-nasabni o ‘rganish.
Autbriding 
(inglizcha out - chet, tashqari, breeding - urchitish, 
ko‘payish) - bir turning qarindosh boim agan shakllarining chatishi.
183


Autosom alar 
(grekcha auto - о ‘zi, soma - tana) - j insiy bo‘ lmagan, 
ya’ni ikkala jins individida ham bir xil tuzilishga ega bo‘lgan xromo­
somalar.
Autosom dominant yo ‘l bilan belgilarning nasldan-naslga
o ‘tishi 
- autosomalar bilan tutashgan dominant belgilarning irsiyla- 
nishi. Bunday belgilar qatoriga bir tutam oq sochning boiishi, soch- 
laming «qilsimonligi» va boshqa kasalliklar kiradi.
Autosom retsessiv yo‘l bilan belgilarning nasldan-naslga o‘tishi -
autosomalar bilan tutashgan belgilarning irsiylanishiga aytiladi.
Axrom atik dug 
- iplardan iborat sitoplazma strukturasi. Hujay- 
ralaming bo‘linishi davrida hosil bo‘ladi. Xromosomalaming taqsim- 
lanishi uchun xizmat qiladi.
Belgilarning ajralishi 
(G.Mendelning ikkinchi qonuni) - getero- 
zigota ota-onalaming chatishishi natijasida 3:1 nisbat hosil bo‘lishi.
Bivalent 
- meyoz vaqtida bir-biriga yaqinlashib olgan gomologik 
xromosomalar jufti. Bivalent hosil qiluvchi ikkala xromosoma uzuna- 
siga bo‘linib, ikkita xromatidaga ajralgan bo‘ladi va bivalent to‘rtta 
xromatin - tetradadan tashkil topadi.
Variatsiya qatori 
- materialning minimal kattalikdan maksimal 
kattalikkacha bir qator joylashuvi (miqdoriy belgilari).
Variatsiya qatorlarining asosiy ko‘rsatkichlari 
- o‘rtacha 
arifmetik qiymat va uning xatosi; o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi -
o‘rtacha kvadratik ayirma; o ‘rtacha arifmetik qiymatning qanday 
ulushini tashkil etishini ko‘rsatuvchi variatsiya koeffitsienti; ikkita 
kuzatuv solishtirib ko‘rilganda ishonchlilik koeffitsienti va boshqa 
parametrlari hisoblanadi.
Vitam inlar 
(lotincha vita - h ay o t) - organizimning normal mod- 
da almashinuvi va hayot faoliyati uchun odam va hayvon ovqatida 
kam miqdorda lozim bo‘ladigan turli kimyoviy tarkibdagi organik 
moddalar. Vitaminlar haqidagi ta’limotning asoschisi rus vrachi 
N.I.Lunindir.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin