Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

Geteroxromosomalar 
(grekcha heteros+xromosomalar) - qator 
belgilari (shakli, o‘lchami, sentromerasining joylanishi va boshqalar) 
bilan boshqa xromosomalar, ya’ni autosomalardan farqlanadigan xro­
mosomalar. Aksariyat, bu atama bilan jinsiy xromosomalar ifodala- 
nadi. Atamani fanga Montgomeri olib kirgan (1904-y.).
Gialoplazma 
(grekcha hyalos+shisha+plazma) - hujayradagi 
zoldan gel holatiga va aksincha holatga o‘tish xususiyatiga ega bo‘ lgan 
asosiy plazma, sitoplazma matriksi, murakkab kolloid sistema.
Gibrid 
(qarang duragay, lotincha hibrida - chatishma) - o‘simliklar 
navlarini yoki hayvonlar zotlarini yaxshilash maqsadida har xil tur yoki 
turkumlarga mansub bo‘lgan o ‘simlik va hayvonlami chatishtirish- 
gibridizatsiyalash (duragaylash) natijasida kelib chiqqan organizmlar.
Gipofosfatemik raxit 
- xromosomaning nogomologik qismi 
joylashgan dominant gen. Kamdan-kam uchraydigan kasallik, vita- 
minoterapiya kor qilmaydi.
Gipertrixoz 
- terining muayyan sohasiga, jinsi va yoshiga xos 
bo‘lmagan holda tuklaming o ‘ta ko‘p bo‘lishi.
Gipoglikemiya 
- qondagi qand miqdorining normadan kamayishi.
G ipoksiya-to‘qimalamingkislorodbilanyetarlita’minlamaganligi 
yoki kislorodning to‘qimalarda o‘zlashtirilishining buzilishi oqibati- 
da ro‘y beradigan kislorod yetishmovchiligi.
187


Gomozigot 
- mazkur belgilari jihatidan bir xil bo‘lgan ikkita ga- 
metaning bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan bunyodga 
keluvchi organizm.
Gomologik xrom osom alar 
(gomologlar) - bir xildagi lokuslarda 
allel genlar tutadigan juft xromosomalar.
Guanin 
(G) - nuklein kislotalar tarkibiga kiradigan purin asosi (2 
amino 6 oksipurin S5N5N50 ).
Daktiloskopiya 
(grekcha daktylos - barmoq, skopeo - qarayman) -
barmoqlaming yostiqchalaridagi teri chiziqlari hosil qilgan tasvimi 
o‘rganish.
Daltonizm 
- b a’zi ranglami (qizil, yashil va boshqa) tug‘ma farq 
qila olmaslik, X-xromosomaning nogomologik qismi bilan tutashgan 
retsessiv gen tufayli paydo bo‘ladi, ingliz fizigi Dalton (1766-1844-yy.) 
shu kasallik bilan kasallangan uning nomiga qo‘yilgan.
Darvinizm 
- Ch.Darvin (1809-1882-yy.) tomonidan uning «Tabi- 
iy tanlash yo‘li bilan turlaming kelib chiqishi» asarida ilk bor bayon 
etilgan tirik tabiatning tarixiy rivojlanish qonuniyati (evolyutsiya) 
haqidagi materialistik ta’limot.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin