«Gametalar sofligi» qonuni
- geterozigot
organizmda genlar
aralashmaydi va sof holicha qolib, keyingi bo‘g‘imlarda namoyon
bo‘lishi mumkin.
Gaploid
(grekcha
haploos - sodda, yakka va toq tur) - lotincha
«п» harfi bilan belgilanadi, toq xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan
organizm.
Gemizigota
(grekcha hemi - yarim + zigota) -
diploid organizm
bo‘lib, ularda muayyan genlaming faqatgina bitta to‘plami bo‘ladi.
Masalan: faqat erkaklardagina X-xromosomadagi genlar bo‘yicha
gemizigota hisoblanadi. Chunki shu organizmda X-xromosoma toq,
demak genlar to‘plami jinsiy xromosomaga ko‘ra bittadir.
Gemofiliya
- qon to‘xtamasligi, badanning saiga qonayverishi.
Genetik injeneriya
- maqsadga
muvofiq ravishda hujayra
ko‘paytirilib, so‘nggi modda almashinuvi mahsulotini sintez qila ola-
digan genetik materialning yangi kombinatsiyalarini yaratish bilan
bog‘liq bo‘lgan molekulyar genetika bo‘limi.
Gen informatsiyasi
- organizmning nasldan-naslga o ‘tish xu-
susiyatlari haqidagi axborot. Gen axboroti
nuklein kislotalar ketma-
ketligida o ‘z aksini topadi.
Genetik karta
- bitta bog‘langan genlar gruppasida joylashgan
genlaming o‘zaro betartib joylashish sxemasi.
Genetik tahlil
- organizm irsiyatini (genotipini) tekshirish usul-
lari majmuasi.
Genetik kod
- tirik mavjudotlarga xos bo‘lgan,
nuklein kislotalar
molekulasidagi nukleotidlaming tartibi bilan belgilanuvchi irsiy ax-
borotlar qayd qilinishining yagona sistemasi. Tom ma’nosi bilan gene
tik kod koddonlar - i-RNK trepletlarining «so‘zi» bo lib birorta ami-
nokislotani va oqsil sintezi jarayonidagi «imlo» belgilarini kodlaydi.
Genokopiya
(gen-lotin tilida copia-ko‘pgina, zaxira)
- turli al-
lel bo‘lmagan genlar mutatsiyalari tufayli fenotipning bir xilda
o ‘zgarishi. Genokopiya belgilami ko‘p genlar yuzaga chiqarishining
oqibatidir.
Genom
- xromosomalaming gaploid to‘plamida joylashgan gen
laming majmuasi, «Genom» atamasi 1920-yilda
Vinkler tomonidan
kiritilgan.
185
Genotip
(grekcha genos+typos - namuna) - yadroda joylashadi-
gan barcha irsiylikni tashuvchilaming majmuasi bo‘lib, organizm-
ning irsiy asosi hisoblanadi.
Genofond
(gen-fran. fond - asos)
- biror populyatsiya, populyatsi-
yalar gmppasi yoki turga mansub organizmlarda mavjud bo‘lgan gen
lar majmuasi. 1928-yil A.S. Serebrovskiy tomonidan fanga kiritilgan
atamadir.
Gen
- genetik materialning funksional jihatdan bo‘linmas birligi,
irsiy omillar; polepeptidning birlamchi tuzilmasini kodlovchi DNK.
1909-yilda V.G.Iogansen tomonidan fanga kiritilgan atama.
Dostları ilə paylaş: