120
majburiy tarzda sodir bo‘ladigan, ya’ni qochib qutilib bo‘lmaydigan jarayon
emas. Giperinflyatsiya
kamdan-kam uchraydigan hodisa, lekin bu gapni
yo‘rg‘alovchi inflyatsiya haqida aytib bo‘lmaydi. U xuddi uzoq vaqt davom
etadigan ishsizlik davrlariga o‘xshab hatto sanoatni rivojlangan mamlakatlar
(Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya)da ham vaqti-vaqti bilan ro‘y berib tura-
di. Davlatning aralashuvi (pul, fiskal siyosati) inflyatsiyani Iqtisodiy jihat-
dan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaralarda ushlab turishga imkon be-
radi.
Inflyatsiyaning quyidagi sabablari ma’lum:
1. Davlat ma’lum bir muddatga kutilayotgan
daromad va xarajatlarni
taxminan belgilaydi. Davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlaridan
oshib ketsa, byudjet tanqisligi yuzaga keladi. Davlat o‘z xarajatlarini qoplay
olmaydi va zo‘R berib pul bosib chiqara boshlaydi, bu esa qog‘oz pul-
larning oltinga nisbatan qiymatsizlanishga olib keladi, unga esa narxlarning
oshishi va real ish haqi (ishchi olgan nomanal ish haqiga sotib olish mumkin
bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori)ning pasayishi yo‘ldosh bo‘lib keladi.
2. Ishlab chiqarish
hajmlarining qisqarishi, ya’ni ishlab chiqarishning
pasayishi sodir bo‘ladi. Bu pasayish iqtisodiyotidagi ikki hodisa stagnatsiya
– bir vaqtning o‘zida ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi, ishlab chiqarish-
dagi turg‘unlik, stagflyatsiya – iqtisodiyotning
ishlab chiqarish, savdodagi
turg‘unlik hamda bir vaqtning o‘zida inflyatsiya jarayonining rivojlanishi
mavjud bo‘lgan holati bilan birga keladi.
3. Talab
taklifdan oshib ketganda
.
Bu bozorning tovarlar bilan
to‘yinganida va pul mablag‘larining oshiqchaligida yuzaga keladi. Talab va
taklif qonuniga muvofiq narxlar o‘sadi, bu esa inflyatsiyaga olib keladi.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari – mahsulotni tayyorlashga sarflanadigan
yirik va moddiylashgan mehnatga –
xom-ashyo, material va yoqilg‘iga
ketgan xarajatlar yig‘indisi o‘sganda.
5. Tovar massasi bilan qoplanmagan pul emissiyasi.
6. Davlat byudjeti tanqisligi.
7.
Iqtisodiyotning
harbiylashuvi,
ishlab
chiqarishni
harbiy
mahsulotlarga aylantirish. Chunki u o‘zi bilan byudjetning xarajatlarini
o‘sishi, moddiy resurslarining qo‘shimcha sarflarini va demak,
ularni
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasidan olib qo‘yilishi, mudofaa
sanoati band bo‘lganlar tomonidan iste’mol talabining oshirilishini olib ke-
ladi.
8. Tugallanmagan ishlab chiqarishning ta’siri ham xuddi shunday.
9. Korxonalarning monopoliyasi.
10. Soliqqa tortish mexanizmi (foydaga solinadigan soliq oshganida
ishlab chiqarish hajmlarining pasayishi tendensiyalari paydo bo‘ladi).
121
Inflyatsiyani
o‘lchash mumkin. Buning uchun baholarning o‘zgarish da-
rajasini o‘lchash zarur. Bu maqsadda narxlarning o‘zgarish foizlarini
ko‘rsatuvchi
Dostları ilə paylaş: