Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Ko‘rsatkichlar tahlili
quyidagi vazifalarni hal qilish uchun zarurdir: 
1) iste’mol sektorida, uning tuzilmalari va dinamikalari; 
2) tovarlarning yoki xizmatlarning ma’lum turlari narxlarining oshishi-
ga yordam bergan sabablarni va narxlar oshishining inflyatsiyaning daraja-
siga ta’sirini aniqlash


129 
3) inflyatsiyaning o‘sish manbalarini bartaraf etish choralarini ishlab 
chiqish; 
4) inflyatsiyaning darajasini bashorat qilish. 
O‘zbekiston Respublikasida
bu ko‘rsatkichlarni 
tahlil qilish bo‘yicha 
uslubiy tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini 
tahlil qilish uchun iste’mol narxlar haqidagi har oylik axborotdan foydala-
niladi. 
Bunda turli xildagi hisob-kitoblar qilinadi. Bular: 
a) hisobot oyidagi iste’mol narxlarining indeksi (IPTS) oldingisi (LTR) 
ga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining 
joriy oyda shu oyning o‘tgan oyidagiga solishtirgandagi o‘zgarishini ifoda-
laydi; 
b) hisobot oyidagi iste’mol narxlari indeksi (IPTS) ning o‘tgan yil dek-
abrdagi indeksiga nisbati. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvaridan hisobot 
oyigacha bo‘lgan davrda iste’mol tovarlari va xizmatlari; 
v) bundan tashqari, uchinchi variantda joriy yilning hisobot oyidagi 
IPTS ning o‘tgan yilning xuddi shu davriga (LTRZ) nisbati hisob-kitob qi-
linadi. Bu nisbat joriy yilning alohida olingan oyida iste’mol tovarlari va 
xizmatlarning o‘tgan yilning shu oyiga solishtirilgan o‘zgarishni ifoda etadi. 
Bu indeks mavsumiy tebranishlarni hisobga olmaydi; 
g) hisobot oyining iste’mol narxlari indeksining yil boshigacha o‘sib 
boruvchi natijasi bilan birga hisoblaganda o‘tgan yilning shu davriga 
(LTR
4
) nisbati. Bu indeks LTR
3
ga o‘xshash, lekin narxlarning yil boshidan 
beri o‘tgan davr ichida o‘sib boruvchi natijalar bilan qo‘shib hisoblaganda 
hamda bunda o‘tgan davr ichida mavsumiy bo‘lmagan tebranishlarni 
hisobga olingan o‘zgarishlarini qayd etadi; 
d) hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nis-
bati. U hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi 
o‘zgarishi; 
e) hisobot choragi IPTS sining o‘tgan yilning shu davriga (LTR5) nis-
bati ham xuddi LTR4a dek. Faqat u narxlarning har xil yildagi bir xil davrd-
agi o‘zgarishini hisobga oladi. 
Aniq tahlil qilish uchun iste’mol savatchasi
o‘rganiladi, iste’mol 
savatchasi 3 qism: oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga 
bo‘linishi kerak. Har bir qism ichida joriy oyning individual indeksi undan 
oldingisiga solishtirib tahlil qilinadi. Narxlarning o‘sishini tegishli tovarlar 
guruhining solishtirma salmog‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan narxlarning 
o‘sishini iste’mol tovarlari va xizmatlarninng ayrim turlariga va iste’mol 
narxlari indeksining umumiy kattaligi (hajmi)ga ta’siri aniqlanadi. Bu usul 
yordamida qaysi viloyatlarda qaysi tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlarin-


130 
ing umumiy indeksining o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatganini aniqlash 
mumkin. 
Respublikada har yili davlat dotatsiyalari pasaytirilmoqda. Shuning 
uchun foydalanish xarajatlari (kvartira haqi), issiqlik, elektroenertika, gaz, 
jamoat transportida yurish, aloqa xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdori 
sezilarli darajada o‘smoqda. Bu o‘zgarishlarning hammasi narxlarni ba-
shorat qilishda asoslanishi va hisobga olinishi lozim. 
Inflyatsiyani tahlil qilishda mavsumiylik omili alohida ahamiyatga 
egadir. 
Bozorda yil davomida emas, balki ma’lum bir mavsumda bo‘ladigan 
tovarlar va xizmatlar mavsumiy deb nomlanadi. Bular mevalar va sabzovot-
lardir. Iste’mol savatchasida ularning solishtirma salmog‘i sezilarlidir. 
Shuning uchun bahor va qish davrlarida bunday mahsulot narxlarining 
o‘sishi iste’mol narxlarining indeksiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Ayrim tovar guruhlari va xizmatlar bo‘yicha o‘zgarishlarning hisob-
kitoblari inflyatsiyaning umumiy darajasidagi ulushni aniqlashga imkon be-
radi. Bunda iste’mol narxlarining umumiy yig‘ma indeksiga 100 foizga 
qabul qilinadi. Boshqa ko‘rsatkichlar esa foiz nisbatida, arifmetik yo‘l bilan 
hisoblab chiqariladi. Iste’mol tuzilmasidagi o‘zgarishlarni 100 foiz deb 
qabul qilinadigan iste’mol savatchasidan uni tashkil qiluvchi guruhlarni 
ayirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Masalan, Qoraqalpog‘istonda birinchi 
chorakda narxlar o‘sishining tovarlar ishlab chiqarishga ta’siri 73,6 foizni 
tashkil qiladi, nooziq-ovqat tovarlariga ta’sir 16,5%, xizmatlarga ta’siri 
8,9% ni tashkil qildi. Unda 100%-73,6%-16,5%-8,9%=1%. 
Farg‘ona vodiysida tegishlicha, bu guruhlar 70%, 17%, 9%, 12,4% ni 
tashkil qildi, unda 100%-70%-12,4%=0,3%. Bu nimani bildiradi? Bu shuni 
bildiradiki, Qoraqalpog‘istonda indeksga narxlar ta’siri = 99%ga, 1% esa bu 
– tuzilmaviy o‘zgarishdir. Farg‘ona vodiysida u 100,3 foizni tashkil etadi. 
Bu Farg‘ona viloyatida narxlar Qoraqalpog‘iston bilan solishtirganda 
ko‘proq o‘sayotganligini ko‘rsatadi. 
Inflyatsiya darajasini tahlil qilishida oylik o‘rtacha ko‘rsatkichi muhim 
ko‘rsatkichidir. U tahlil qilinayotgan davr uchun o‘rta kattalik sifatida 
hisoblab topiladi. 
Masalan, 1 uchun IPTS-103,5%, 11 uchun-101,94%, unda o‘rtacha oy-
lik kattalik 103,5% + 103,4% + 101,94%=102,6%. 
Asosiy ko‘rsatkich inflyatsiya darajasidir. Iqtisodiy siyosatda Infly-
atsiyani chidash mumkin bo‘lgan darajagacha pasaytirmasdan turib muvaf-
faqiyatga erishish qiyin. Chunki inflyatsiyaning yuqori sur’atdagi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning munosabatlariga va aholining moliyaviy sohaga 
ishonchiga putur yetkazishi mumkin. 


131 
Mavsum omili inflyatsiyaning umumiy darajasiga qishloq xo‘jalik oziq-
ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi. 
Inflyatsiya dinamikasining tegishli oylar bo‘yicha tah-lili eng past 
sur’at yoz oylariga to‘g‘ri kelishidan guvohlik beradi. Bu sabzovotlar va 
mevalarning ommaviy pishishi, bozorlarda ularning taklifi oshishi davri bi-
lan bog‘liqdir. Yuqori raqobat sharoitlarida sotuvchilar tez buziladigan 
mahsulotlarning narxlarini tushirishga majbur bo‘ladilar. Yoz oylarida noo-
ziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ham pasayadi, chunki aholining 
to‘lovga qobil talabi bu tovarlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga 
ko‘chadi. 
Inflyatsiyaning eng yuqori sur’atlari qish oylari va bahorning boshlariga 
to‘g‘ri keladi. Bu davr qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovar taklifi pasay-
ishi, ularning zaxiralari kamayishi bilan ifodalanadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘sishi sanoat ishlab 
chiqarishini qo‘shgan holda boshqa iste’mol tovarlar narxining oshishida 
ham aks etadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin