Passiv amallar – pul resurslarini jalb qilish masalan, depozitlarni qabul
qilish, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotish. Passiv
bitishuvlar qarzlar miqdorini oshiradi.
Aktiv amallar – pul resurslarini joylashtirish, masalan, kreditlar berish,
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish. Ak-
tiv bitishuv talablar summasini oshiradi.
Banklar xizmatlari orasida ularning quyidagi turlari ajralib turadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash – qaytarish, haq to‘lash, muddatlilik
shartlarida ssuda berish.
Bank investitsiyalari – bank tomonidan aksiyalar va obligatsiyalarni
sotib olinishi.
Lizing – mol-mulkning, uskunalarning har xil turlarini bank
vositachiligida ijaraga berilishi.
Faktoring – mijozning debitor qarzlarini hisoblar summasini darhol
yoki qarzlarning uzilib borishiga qarab kassa qilish.
Trast amallari – mijozlar kapitalni boshqarish bo‘yicha amallari.
Pul-kredit multiplikatori Faqatgina Markaziy bank yaratishi mumkin bo‘lgan pullar va emis-
siyadan so‘ng butun bank tizimida yuzaga keladigan va ular bilan uy
126
xo‘jaliklari hamda korxonalar o‘z xarajatlariga haq to‘laydigan pullar
(hisoblanadigan pullar) o‘rtasidagi hisobga olingan aloqa pul-kredit mul-
tiplikatori deb ta’riflanadi.
Bank tizimi banklarning yig‘indisi sifatida harakat qila borib,
«qo‘shimcha» kredit pullari (bank depozitlari)ni yaratadigan (tuzadigan)
kreditni multiplikatsiyalash jarayoni umumiy ma’noda quyidagi chizma
halqa bilan ifodalanishi mumkin.
127
E – ortiqcha zaxiralar
A – amaldagi zaxiralar
R – majburiy zaxiralar
m – multiplikator
D – joriy hisoblardagi pullarning maksimal oshishi