111
O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovi to‘lashdan
ozod qilinadi. Ishlab chiqarish omillarini olib kirish – olib chiqishni sezilarli
darajada
soddalashtirish, O‘zbekiston hududidagi qo‘shma korxonalarning
va xorijiy korxonalarning nizomiy jamg‘armasiga qo‘shish uchun
mo‘ljallangan mulkni boj to‘lovlarsiz olib kirish ko‘zda tutilgan.
Tashqi iqtisodiyot aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholashga
oid masala juda muhimdir.
TashqI iqtisodiy aloqalarning tovarlarni sotish
va xarid qilish haqidagi
ayrim takliflarni iqtisodiy jihatdan asoslash, tashqi savdoning eng samarali
variantlarini tanlash, korxonalarni xorijiy mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqalari, qo‘shma korxonalar uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va katta
xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlarni tuzish yo‘li bilan
aniqlashi mumkin.
Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashdagi asosiy talab – milliy manfaatlarga
rioya qilish, ya’ni xalqaro hamkorlik-ning
qabul qilinayotgan varianti
O‘zbekistonning iqtisodiyoti tashqi savdo aylanmasining mahsulotlarini
sotishdan tushadigan tushumning o‘sishi uchun samarali bo‘lishi,
shuningdek, bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni
kamayishi Iqtisodiy samaradorlikni o‘sishini ta’minlashi kerak.
Iqtisodiy samaradorlik bir guruh ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ular
shunday belgilanadi:
mamlakat iqtisodiyoti darajasida. Bunday holatda eksportga chiqari-
layotgan
tovarlarni ishlab chiqarish, tashish va tashqi savdo uchun sar-
flangan xarajatlar mamlakatda o‘rnini bosuvchi tovarni ishlab chiqarishdan
voz kechganligi munosabati bilan tejalgan xarajatlarni aks ettiruvchi import
tovarlarining qiymatlari bahosi bilan solishtiriladi;
eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar darajasida. Bu darajada
eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar
tovarlarni tashqi
savdo birlashmasiga yetkazib berishning eksportda foydalanganlik uchun
to‘lanadigan ustama va qo‘shimcha to‘lovlarning boshqa turlarini ham
hisobga oluvchi ichki narxi bilan solishtiriladi;
tashqi savdo birlashmalari – mahsulot eksportlari darajasida mahsulot
ishlab chiqaruvchilarga to‘lovlar mahsulotini jo‘natishning
narxlari
bo‘yicha, belgilangan ustamalarni, transport va ustama xarajatlarni hisobga
olib, davlat chegarasidagi narxlar bo‘yicha valyuta tushumlari bilan solishti-
riladi;
tashqI savdo birlashmalari import qiluvchilar darajasida. Bunday hol-
larda import mahsulotlarining transport ustama xarajatlari hisobga olingan
valyuta to‘lovlari tovarlarning xalq xo‘jaligiga topshirish narxidan transport
ustama va boshqa xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan davlat-
ning ichki pul birligida ifodalangan qiymati bilan solishtiriladi;
112
iste’molchilar (buyurtmachilar) darajasida. Tovarning milliy valyutadagi
qiymati o‘rnini bosuvchi tovarlarni iste’mol qilishdan voz kechish munosabati bi-
lan qilingan iqtisod va import tovarlaridan foydalanish
samarasini aks ettiruvchi
import tovarlarining qiymat bahosi bilan solishtiriladi.
Iqtisodiy samaradan tashqari
tashqi iqtisodiy aloqalar
natijalari
ilmiy-
texnik, ijtimoiy siyosat natijalarga
erishish
nuqtai nazaridan ham
baholanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ilmiy-texnik natijalari fundamental bilim-
lar sohasidagi ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘lga kiritish, respublika va chet el-
lik olimlar o‘rtasida ijodiy aloqalar o‘rnatilishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: