Iqtisodiyot asoslari


Sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalar
– bu sanoat korxonalarning xorijiy 
firmalar va kompaniyalar bilan aloqalarning turli xildagi shakllaridir. 
Aloqalar natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni modernizatsiya qi-
lish, texnik, texnologik jihozlash, mahsulotni yangi yuqori sifatli va raqo-
batga bordoshli turlarini o‘zlashtirish, o‘zaro foydali sheriklar bilan aloqal-
arni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi, moliyaviy faoliyatni yuritish-
ning hamda tashkil etishning ilg‘or tajribasi va usullarini o‘rganish mumkin 
bo‘ladi. 
Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarga 
bo‘linadi


savdo iqtisodiyot; 

ilmiy-texnik; 

madaniy. 
Tashqi Iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish uchun xorijiy investitsiyali 
korxonalarning o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini litsenziyasiz eksport 
qilish, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarni improt qilish 
huquqini ko‘zda tutuvchi imtiyozlar va rag‘batlar tizimi amal qiladi. O‘zi 
ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlari 
soliqlar to‘lab bo‘lingandan so‘ng to‘laligicha korxona mulkiga aylanadi va 
sotayotgan mahsulotlarining umumiy hajmida eksprotning ulushi 30 foizdan 
kam bo‘lmagan eksportyor-korxonalarga foyda uchun belgilangan soliq ikki 
martagacha kamaytiriladi. 
Bojxona to‘lovlari undirilishida ham imtiyozlar ko‘zda tutiladi. Masa-
lan, chet ellik xodimlarning ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlari uchun 


111 
O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovi to‘lashdan 
ozod qilinadi. Ishlab chiqarish omillarini olib kirish – olib chiqishni sezilarli 
darajada soddalashtirish, O‘zbekiston hududidagi qo‘shma korxonalarning 
va xorijiy korxonalarning nizomiy jamg‘armasiga qo‘shish uchun 
mo‘ljallangan mulkni boj to‘lovlarsiz olib kirish ko‘zda tutilgan. 
Tashqi iqtisodiyot aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholashga 
oid masala juda muhimdir. 
TashqI iqtisodiy aloqalarning tovarlarni sotish va xarid qilish haqidagi 
ayrim takliflarni iqtisodiy jihatdan asoslash, tashqi savdoning eng samarali 
variantlarini tanlash, korxonalarni xorijiy mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqalari, qo‘shma korxonalar uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va katta 
xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlarni tuzish yo‘li bilan 
aniqlashi mumkin.
Iqtisodiy samaradorlikni aniqlashdagi asosiy talab – milliy manfaatlarga 
rioya qilish, ya’ni xalqaro hamkorlik-ning qabul qilinayotgan varianti 
O‘zbekistonning iqtisodiyoti tashqi savdo aylanmasining mahsulotlarini 
sotishdan tushadigan tushumning o‘sishi uchun samarali bo‘lishi, 
shuningdek, bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni 
kamayishi Iqtisodiy samaradorlikni o‘sishini ta’minlashi kerak. 
Iqtisodiy samaradorlik bir guruh ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ular 
shunday belgilanadi: 

mamlakat iqtisodiyoti darajasida. Bunday holatda eksportga chiqari-
layotgan tovarlarni ishlab chiqarish, tashish va tashqi savdo uchun sar-
flangan xarajatlar mamlakatda o‘rnini bosuvchi tovarni ishlab chiqarishdan 
voz kechganligi munosabati bilan tejalgan xarajatlarni aks ettiruvchi import 
tovarlarining qiymatlari bahosi bilan solishtiriladi; 

eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar darajasida. Bu darajada 
eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar tovarlarni tashqi 
savdo birlashmasiga yetkazib berishning eksportda foydalanganlik uchun 
to‘lanadigan ustama va qo‘shimcha to‘lovlarning boshqa turlarini ham 
hisobga oluvchi ichki narxi bilan solishtiriladi; 

tashqi savdo birlashmalari – mahsulot eksportlari darajasida mahsulot 
ishlab chiqaruvchilarga to‘lovlar mahsulotini jo‘natishning narxlari 
bo‘yicha, belgilangan ustamalarni, transport va ustama xarajatlarni hisobga 
olib, davlat chegarasidagi narxlar bo‘yicha valyuta tushumlari bilan solishti-
riladi; 

tashqI savdo birlashmalari import qiluvchilar darajasida. Bunday hol-
larda import mahsulotlarining transport ustama xarajatlari hisobga olingan 
valyuta to‘lovlari tovarlarning xalq xo‘jaligiga topshirish narxidan transport 
ustama va boshqa xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan davlat-
ning ichki pul birligida ifodalangan qiymati bilan solishtiriladi; 


112 

iste’molchilar (buyurtmachilar) darajasida. Tovarning milliy valyutadagi 
qiymati o‘rnini bosuvchi tovarlarni iste’mol qilishdan voz kechish munosabati bi-
lan qilingan iqtisod va import tovarlaridan foydalanish samarasini aks ettiruvchi 
import tovarlarining qiymat bahosi bilan solishtiriladi. 
Iqtisodiy samaradan tashqari 
tashqi iqtisodiy aloqalar
natijalari 
ilmiy-
texnik, ijtimoiy siyosat natijalarga
erishish nuqtai nazaridan ham 
baholanadi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ilmiy-texnik natijalari fundamental bilim-
lar sohasidagi ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘lga kiritish, respublika va chet el-
lik olimlar o‘rtasida ijodiy aloqalar o‘rnatilishdan iboratdir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin