Iqtisodiyot asoslari


litsenziyalash va kvotlashtirish



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
iqtisodiyot asoslari

litsenziyalash va kvotlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida «Litsenziyalash va kvotalash tartibi» 
haqidagi nizomga amal qiladi. Unda litsenziyalashtiriladigan tovarlar 
ro‘yxati, kvotalarni o‘rnatish va taqsimlash hamda litsenziya berish tizimida 
keltirilgan. Eksport import litsenziyalarini berishni tashqi iqtisodiy aloqalar 
vazirligi amalga oshiradi. Mintaqaviy kvotalar markaziy hokimiyat tomoni-
dan o‘rnatiladi va ularning taqsimoti va mintaqalarga yetkazilishini tashkil 
etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarga xabar qilinadi. Soliqlarga muhim 
o‘rin ajratiladi. Bitishuvning o‘zi, savdo amali, ssuda kelishuvi, tovarning 
eksporti, importi bo‘lganidek, bu bitishuvdan olingan daromad ham soliqqa 
tortilish obyekti bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. 


110 
Kreditlar taqdim qilish shartlari
tashqi iqtisodiy munosabatlarini tart-
ibga solishni muhim vositasiga aylanmoqda. Kreditlar bozori ikki shaklda: 
umumiy va loyihaviy kreditlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ammo munosa-
batlarning masalan, faktorning oziq-ovqat kreditlari, vekselga kreditlash va 
moliya amallari kabi yangi shakllari ham kiritilishi kerak. 
Faktoring – bu dispontlash sohasidagi xizmat turidir. U bozorga yan-
gidan kiruvchilarga, shuningdek, mayda va o‘rta firmalar uchun 
mo‘ljallangan. 
Uning mohiyati faktor – firma tomonidan mahsulotni yetkazib 
beruvchilardan tovar jo‘natish bo‘yicha qisqa muddatli talablarni to‘lovlarni 
kattaroq qismini zudlik bilan qoplash imkoni, qarzlarni to‘liq uzish, 
hisoblarni olib borish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish kafolati bilan sotib 
olishda mujassamlashgan. 
Xorijiy investor Ishlab turgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari 
mumkin bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori haqida unutmaslik kerak. 
Shuning uchun sanoatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tamoyillar-
iga taalluqli masalalarni aniqlash muhimdir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin