Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
iqtisodiyot asoslari

narxlar indeksi
qo‘llaniladi. 
Narxlar indeksi
tovarlar va xiz-
mat narxlari o‘zgarishining o‘rtacha foizdir. 
Inflyatsiya iqtisodiyotga turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi. 

u tezlashish tendensiyasiga ega; 

u daromadning taqsimlanishiga ta’sir qiladi: ba’zilar u tufayli yutadi-
lar, boshqalar esa yutqazadilar; 

u to‘lov balansining tanqisligiga olib kelishi mumkin; 

qarz olganlar qarz berganlar hisobiga yutadilar. 
Inflyatsiyaning yuzaga kelishini tushuntirish uchun bir nechta nazariya 
yaratilgan. Bular: 

narxlarni tepaga tortuvchi haddan tashqari oshib ketgan talab infly-
atsiyani keltirib chiqaradi; 

narxlarining o‘sishiga olib keluvchi xarajatlarning oshishi inflyatsiya-
ni keltirib chiqaradi; 

monetarlik: pul massasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatishdan tezroq oshib borganda narxlar o‘sadi. 
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari: 

naqd pullarning qadrsizlanishi: inflyatsiyani o‘sishi bilan aholining 
real daromadi kamayib boradi; 

daromadlar va boyliklar turli sinflar o‘rtasida taqsimlanadi; 

mehnatkashlarning ahvolining yomonlashgani turmushning qimmat-
lashgani, turmush darajasining pasaygani, ishsizlikda aks etadi, namoyon 
bo‘ladi. Ishsizlik mehnatkashlarning turmush darajasining pasayishini asosiy 
sabablaridan biridir. Yana bir sabab ish haqining qisqarishi «qashshoqlik che-
garasi»ga sirg‘anib tushish hollarining 40 foizidan ortig‘i 80-yillarda ishni 
yo‘qotish bilan bog‘liqdir. Inflyatsiyadan keyin ishsizlikning yuqori darajasi 
uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, inflyatsiyaning 
va ishsizlikning o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik qonuniyati bor. Unga ko‘ra, infly-
atsiya darajasini 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlikning o‘sishini 2 foizga os-
hirish kerak. 
Davlat inflyatsiya bilan kurashni turli usullar bilan olib borishi kerak. 
Bular: pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, narxlarni 
chegaralash va hokazolardir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin