123
dagi kredit massasini tez siqish yoki kengaytirish uchun vosita sifatida
qo‘llaniladi.
Emissiya banki
o‘z vositalari (choralari) yordamida xaridorlarda pul-
larning bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning mi-
qdorini kamaytirar yoki ko‘paytirar ekan u buning uchun faqat impuls (tur-
tki) bera oladi, xolos. Monetar impulslarni ko‘chirish shuning uchun ham
shunday mexanik aloqaga eng kam darajada mos keladi.
Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati – pul emissiyasining hajmini, pul massasining kattal-
igi va tuzilmasini inflyatsiya o‘sishining oldini olish va iqtisodiyotning bar-
qaror o‘sishini qo‘llash uchun tartibga solish.
Kredit
– odatda, foiz to‘lab qaytarilish sharti bilan pul yoki tovar
shaklida beriladigan ssuda, uning harakati davomida kreditor va qarzdor
o‘rtasida ma’lum iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Kredit munosabatlarining mohiyati shundaki, almashinish ekvivalentini
to‘lash muddatlari bilan variatsiyalarni qo‘llash (variatsiyalash) iqtisodiy
tizimdagi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sikllarining
vaqtincha mos kelmasligini bartaraf etish imkonini beradi. Kreditning aso-
sini bitishuvning ssuda deb ataluvchi tipi tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: