119
MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT SIYOSATI
Inflyatsiya, uning o‘lchamlari va namoyon bo‘lish shakllari
Inflyatsiya -
ekonomikaga xos jarayon bo‘lib, unda muomala sohasi
keragidan ortiq (haqiqiy-oltinga bo‘lgan talab bilan solishtirganda) qog‘oz
pul bilan ular haddan ortiq chiqarilgani sababli To‘lib-toshib ketadi. Infly-
atsiya chiqarilgan qog‘oz pullar miqdori o‘zgarmagan hollarda tovarlar Ish-
lab chiqarishning qisqarishi natijasi ham bo‘lishi mumkin.
U baholarning
o‘sishi aholining turmush darajasini pasayishi bilan kuzatiladi.
«Inflyatsiya deyilganda, – deydi Nobel mukofoti sovrindori Milton
Fridman, – men har doim va har yerda chiqarilgan
mahsulotga nisbatan
pulning ortiqchaligini keltirib chiqargan Pul fenomeni sifatida namoyon
bo‘ladigan narxlarning beqaror va uzluksiz o‘sishini tushunaman». Bundan
monetaristik ta’rif, inflyatsiyaning og‘irlik markazi muomala sohasida joy-
lashganini taxmin qiladi. Bunday pozitsiyadan kelib chiqilganida davlatning
qayta ishlab chiqarish jarayoniga cheklangan aralashuviga yo‘l qo‘yiladi.
Kapitalistik nazariyalarda bundan farqli o‘laroq, inflyatsiya deyilganida,
sabablari taklif tomonida bo‘lganidek, talab tomonida bo‘lgan
ortiqcha
xarid talabi tushuniladi.
Inflyatsiya
– iqtisodiy organizmning moliyaviy izdan chiqishga va to-
varlar va pul o‘rtasidagi statistik tenglik holatiga erishish uchun urinishlarga
sog‘lom reaksiyasi, javobidir.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida nazariya inflyatsiyaning quyidagi
oqibatlarini ham ko‘rsatib o‘tadi:
milliy daromadning va moliyaviy boylikning qayta taqsimlanishi;
Soliq stavkalari va shkalalari
tizimining buzilishi;
mehnatkashlar real ish haqlarining pasayishi.
Inflyatsiyaning uch turini: bosiq, yo‘rg‘alovchi, giperinflyatsiya.
Dostları ilə paylaş: