Inflyatsiya boshqarilishi kerak. Shuning uchun inflyatsiyaga qarshi
siyosat borasida To‘xtalamiz.
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan
taqdim etilishi mumkin.
Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun
hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga
qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;
byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatla-
rini kamaytirish hisobiga qisqartirish;
pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi
chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;
iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun
xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy va-
lyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni
kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni beta-
raflashtirish (neytrallash).
Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni ola-
di:
1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha
ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini
ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda
sotish hisobiga kengaytirish;
2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.
132
Nazorat savollari 1. Inflyatsiya mohiyatini tushuntiring va uning asosiy tiplarini sanab
bering.
2. Inflyatsiyaning sabablarini aytib bering va uning oqibatlarini
ta’riflang.
3. Inflyatsiyaga qarshi choralarni sanab bering.
4. Inflyatsiyani qanday o‘lchash mumkin?
5. Markaziy bankning asosiy vazifalarini sanab bering.