TASHQI IQTISODIY SIYOSAT VA TO‘LOV BALANSI Almashinuv kurslari tizimi Mamlakatlar o‘rtasidagi
tashqi iqtisodiy aloqalar ularning valyuta al-
mashinuvi zarurati sharoitini yuzaga keltiradi.
Milliy valyuta – ushbu mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan
halqaro hisob-kitoblarda ishlatiluvchi pul birligidir.
Yopiq valyuta – faqat bitta mamlakat doirasida amal qiladigan va
boshqa xorijiy valyutaga almashtirilmaydigan milliy valyutadir.
Zaxira valyuta – yetakchi mamlakatlarning narxlarini belgilashda
tashqi savdo amallari, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun
ishlatadigan milliy pul-kredit mablag‘laridir.
Erkin konvertlanadigan valyuta – boshqa xorijiy valyutalarga erkin
va cheklanmagan miqdorda almashtiriladigan valyuta.
Valyutaning konvertlanganligi – milliy pul birligini xalqaro to‘lov
aylanmasida halqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun erkin ishlatilish
qobiliyati.
To‘liq konvertlanganlik – jismoniy va huquqiy shaxslar uchun har
qanday cheklovlarning mavjud emasligi va valyutaning barcha xalqaro
amallarda valyutadan to‘siqsiz foydalanish.
Cheklangan konvertlanganlik ham mavjud, u quyidagilardan iborat:
Tashqi cheklangan konvertlanganlik – valyutadan xorijiy jismoniy
shaxslarning faqat joriy yoki tashqi savdo hisob-kitoblarida erkin foydala-
nishlari.
Ichki cheklanmagan konvertlanganlik – xorijiy valyutani huquqiy va
jismoniy shaxslarga yetarli darajada erkin sotib olish va sotish.
Valyutalarni almashtirish va davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar valyuta kursi asosida amalga oshiriladi. Valyuta kursi – ushbu mamlakat milliy valyutasi pul birligini boshqa
mamlakat valyutasining pul birliklarida aks ettirilgan narxidir.