Raqobatga bardoshlilikning tarkibiy qismi bo‘lgan
tovarlarning sifatini yaxshilash masalalari hal qilinishi lozim.
Importning nomukammalligi va uni noan’anaviy qo‘llash muhim ma-
salalardandir. Respublikaning importida mamlakat o‘zi ishlab chiqara olishi
mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ulushi kattadir. Gap oziq-ovqat,
texnologik uskunalarining ko‘pgina turlari haqida ketmoqda.
Importdan mavjud disbalanslarni bartaraf etish uchun foydalanish unga
stixiyali xarakter kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va uning mintaqalarida ko‘proq tayyorgar-
likka ega bo‘lgan sanoat sektorlarida, alohida korxonalar (birlashmalar)da,
eksportga mo‘ljal oldirilgan yangi korxonalarni qurish va hududiy omillarni
hisobga olgan ishlab chiqarishni konsentratsiyalash masalasi hal qilinishi
kerak.
Mintaqalarda bo‘lganidek, respublikada ham
tashqi iqtisodiy aloqalarn- ing infratuzilmasini modernizatsiyalash o‘tkazilishi, ularning ishonchliligi
yuklarning transportirovka qilish (tashib keltirish) saqlash va ishlov berish
tizimi bilan ta’minlanishi lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyat
uchun malakali kadrlarni tayyorlash muhim
masaladir.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati quyidagi asosiy
tamoyillarga asoslanadi:
1. Sherikning ichki ishlariga aralashmaslik va uning davlat suvereniteti-
ga qat’iy rioya qilish.
2. Tomonlarning to‘liq tangligi.
3. O‘zaro foydali hamkorlik.
4. Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar va kelishuvchilar
bo‘yicha olingan majburiyatlarni vijdonan, halol va aniq bajarish.
5. Ikki tomonlama asosida eng ko‘p qulaylik yaratish tamoyili. Bunga
o‘zlari ham muqobil tayyorgarligini ko‘rsatayotgan hamma xorijiy davlatlar
bilan o‘zaro foydali tovar ayirboshlash izchillik bilan o‘tkazilishi lozim.
Tashqi iqtisodiy siyosat turli vositalar bilan o‘tkazilishi mumkin. Masa-
lan, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan savdo shartnomalari, iqtisodiy kelishu-
vlar orqali amalga oshiriladigan shartnoma amaliyoti tashqi iqtisodiy
siyosatni o‘tkazish vositalaridandir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni o‘tkazish vositalariga
bajxona ta’rifi litsen- ziyalash tizimi valyutaviy tartibga solish orqali amalga oshiriladigan tashqi
savdo tartibga solinishi ham kiritilishi mumkin.