Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Kontingentlashtirish
– bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan, to-
varlarni eksport va import qilishning ma’muriy bir davrda ma’lum bir mi-
qdorlar va summalarda o‘tkazish cheklovlari. Kontingent – ba’zi tovarlarga 
ularni olib chiqish, olib kirish yoki ayrim mamlakatlarga tranzit olib 
o‘tishga belgilangan me’yordir. 
Kontingentlar
– bu tashqi savdoning hajmini rejalashtirishning va 
tuzilmasining unsur (element)laridir. 


109 
Litsenziyalash
– bu tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish-
ga davlat idoralari tomonidan beriladigan ruxsatnomadir. Bu eksport va val-
yuta mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazorat qilinishining muhim 
vositasidir. 
Shuningdek, ixtirolarni xorijda potentlash, ixtirolardan foydalanish, 
texnik belgilarga litsenziyalarni sotish, yana tovar belgilarini xorijda 
ro‘yxatga olish, xorijda korxonalarni “kalitgacha” yakunlash sharti bilan 
qurishga yordam beruvchi litsenzion kelishuvlar asosida texnologiyalarni 
eksport qilishni kengaytirish ham tashqi iqtisodiy faoliyatning bir qismidir. 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi quyidagi 
asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy-huquqiy mexanizmini va 
tegishli iqtisodiy infratuzilmasini yaratish. 
2. Eksport ixtisoslashini aniqlash, o‘tkazilayotgan mahsulotning raqo-
batga bardoshliligini hisob-kitob qilish, sheriklar izlash. 
3. Jalb qilingan kapitaldan ichki etaplarini qondirish va ayrim mahsulot 
turlarini ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun oqilona foydalanish. 
Xorijiy kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish tashqi iqtisodiy siyosat 
doirasidagi faollikning muhim yo‘nalishidir. Xorijiy mablag‘lar va moddiy 
vositalarni taqsimlash asosan mintaqaviy xarakterga ega. Shuning uchun 
hududiy kapitalning kiritilishi uchun jozibali obyektlarga aylantirishlari 
mumkin. Lekin shuni ham aytib ogohlantirish kerakki, mutlaqo alo-
hidalanish, mintaqa darajasida mustaqil tartibga solish masalani hal qilish-
ning imkoniyati yo‘q, chunki yagona bojxona tizimi mavjuddir. 
Davlatning bir 
butun mavjud
bo‘lishining 
zaruriy
sharti
mamlakat 
ichida tovarlar va pullarning harakatining har qanday cheklovlaridan ozod 
bo‘lgan 
ichki bozorning
birligidir. 
Ichki bozorda talab va taklifning keskin disbalansi (muvozanatsizligi) 
sharoitlarida davlat tomonidan tartibga solishning asosiy choralardan biri 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin