212
holatiga bog‘liq holda amalga oshiriladi, buning uchun sxemada DR holat datchigi
qo‘llaniladi.
Ventil-induktorli yuritmaning ishlash prinsipi induktorni navbatma - navbat
ketma - ket ulanishidadir (a-a, b-b, c-c), bunda ularning oqimlari rotor tishlari
orqali tutashadi. Induktorning qo‘zg‘atilishi induktor
tishlari orasida va ularga
yaqin bo‘lgan rotor tishlari orasida elektrmagnit tortishuv kuchlarini paydo qiladi.
Bu kuchlar (moment) ta’sirida rotor buriladi va kelishilgan holatni egallaydi, ya’ni
rotor tishlari qo‘zg‘atilgan faza tishlari qarshisiga keladi. Sator va rotor tishlari
soni har xil bo‘lgani uchun bitta induktorning kelishilgan holatida keyingi rotor
tishlari kelishilmagan holatda bo‘lib qoladi. Shuning
uchun birinchi induktorni
o‘chirish va keyingisini ulash paytida rotor yana bitta qutb bolimiga buriladi. Holat
datchigi CS yordamida boshqaruv tizimi orqali induktorlarning ketma – ket
ulanishi uzluksiz aylanish momenti yaratilishini ta’minlaydi, natijada rotorning
uzluksiz aylanishi ta’minlanadi.
Elektrmagnit momentining qiymati induktor chulg‘amiga beriladigan tokning
o‘rtacha qiymati bilan aniqlanadi. Shuning uchun motor momentini rostlash
induktor chulg‘amlariga beriladigan kuchlanish qiymatini o‘zgartirish yo‘li
bilan
amalga oshiriladi. Ko‘rilayotgan yuritmalarda tezlikni aniq rostlash maqsadida
tashqi rostlash konturi kiritiladi.
Ventil-induktorli yuritmalar o‘zlarining konstruktiv jixatdan soddaligi bilan
hamda iqtisodiy jixatdan tejamliligi bilan ajralib turadi. Ular 50
kW gacha
quvvatga ega bo‘lgan va tezlikni rostlashga katta talablar qo‘yilmaydigan
umumsanoat mexanizmlarida qo‘llaniladi. Ayniqsa, 6000 ayl / min tezligi va
undan katta bo‘lgan tezlikdagi yuqori tezlikli mexanizmlarda qo‘llash yaxshi
samara beradi.
Dostları ilə paylaş: