O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. 4 qutbli, passiv rotorli, qadamli motor ko‘ndalang kesimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   182
7.3 - rasm. 4 qutbli, passiv rotorli, qadamli motor ko‘ndalang kesimi 
Passiv rotorli qadamli motorlarning ishlash prinsipi shundaki, unda qaysidir 
bir fazaga kuchlanish berilganda rotor shunday holatga intiladiki, unda rotor 


216 
tishlari mos ravishdagi qutb tishlari qarshisiga to‘g‘ri keladi va magnit zanjirining 
singuvchanligi eng katta qiymatga to‘g‘ri keladi. 
Statorning keyingi fazasiga tok berilganda rotor bir qadamga buriladi. Bunda 
rotor tishlari qutblarning keyingi tishlari qarshisiga to‘g‘ri keladi. Qadam kattaligi 
quydagiga teng bo‘ladi. 
α = 2π

Qadamli motorlar ishchi organ holati rostlanadigan yuritmalarda qo‘llaniladi. 
Ayniqsa soat mexanizmlarida ular keng ko‘lamda ishlatiladi. 
7.3. Chiziqli motorli elektr yuritmalar. 
 
Elektr motorlarning aksariyat qismi aylanma xarakatli motorlarga to‘g‘ri 
keladi. Vaxolangki, ishlab chiqarishdagi asosiy mashina – mexanizmlar 
ilgarilanma (konveer, transportyor) yoki qaytarma – ilgarilanma (manipulyatorlar, 
porshenli mexanizmlar) harakatga asoslangan bo‘ladi. Aylanma harakatni 
ilgarilanma harakatga aylantirish maxsus kinematik bo‘g‘inlar yordamida amalga 
oshiriladi. Masalan, vint – gayka, sharik – ventili uzatma, shesternya – reykali 
uzatma, krivoship – shatunli uzatma va boshqalar. 
Ishchi mashinalar konstruktorlari uchun ularning ilgarilanma yoki qaytarma 
– ilgarilanma harakatlanadigan ishchi organlariga rotori chiziqli harakatlanadigan 
motorlarni loyixalash asosiy vazifa (yoki muammo) bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi paytda chiziqli asinxron, ventilli va qadamli motorlar ishlatilgan 
yuritmalar keng rivojlanmoqda. Prinsipial jihatdan hohlagan turdagi chiziqli motor 
statorini tekislikka yoyish bilan hosil qilinishi mumkin [11] . 
Chiziqli asinxron motor haqida tasavvur hosil qilish uchun asinxron motor 
statorini tekislikka yoyilgan deb qabul qilish kerak. Bunda stator magnitlovchi 
kuchlar vektori statorining bo‘ylama yo‘nalishi bo‘ylab siljiydi, ya’ni oddiy 
motorlardagi singari aylanma harakatda emas, balki statorning yuguruvchi 
elektrmagnit maydoni sifatida xarakatlanadi. Ikkilamchi element sifatida stator 


217 
yoyilmasi bo‘ylab biroz havo tirqishi bilan joylashtirilgan ferromagnit tasma 
xizmat qilishi mumkin. Bu tasma qisqa tutashtirilgan rotor vazifasini bajaradi. 
Ikkilamchi element statorning xarakatlanuvchi maydoni bilan suriladi va stator 
maydoni tezligidan chiziqli absolyut sirpanish kattaligiga kam bo‘lgan tezlik bilan 
harakatlanadi. 
Yuguruvchi elektrmagnit maydonining chiziqli tezligi teng bo‘ladi: 
V
0
 = 3τ · f
1
, m/s. 
bu yerda: 
τ – 
qutb bo‘linmasi (qutbiy bo‘linma), ya’ni chiziqli asinxron motor 
yondosh qutblari orasidagi masofa. 
Ikkilamchi element tezligi: 
V = V
0
 (1-s
ch
)
bo‘ladi. 
bu yerda: 
s
ch 
– chiziqli nisbiy sirpanish. 
Motorning standart chastotali kuchlanish bilan ta’minlangandagi maydon 
tezliklari sezilarli darajada katta bo‘ladi (3 m/s. dan ko‘p), bu esa bunday 
motorlarni sanoat mexanizmlari yuritmalarida ishlatishini qiyinlashtiradi. Bunday 
motorlar yuqori tezlikli transport mexanizmlarida ishlatiladi. Nisbatan kichik 
tezlikli motorlarni olish uchun hamda ularning tezligini rostlash maqsadida bunday 
motor chulg‘amlari chastota o‘zgartirgichlari orqali ta’minlanadilar. 
Chiziqli asinxron motorning bir nechta konstruktiv variantlari mavjud. 
Ulardan biri 7.4 - rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda ikkilamchi element 2, ishchi organ 
bilan biriktirilib, stator 3 da hosil qilinadigan yuguruvchi elektrmagnit maydoni 
ta’sirida 1 yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanadi. Bunday konstruksiya ishchi 
mashina bilan joylashtirishga qulay. Biroq stator maydonining tarqalgan oqimlari 
bilan to‘qnash kelishi natijasida motor cosφ ko‘rsatkichi kichik bo‘ladi. 


218 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin