O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182
 
7.4. Nazorat savollari. 
1.
Nima uchun ventil – induktorli motorlarda stator va rotor magnit 
o‘tkazgichlaridagi tishlar soni mos kelmaydi? 
2.
Diskret elektr yuritma nima? 
3.
Qadamli elektr motorlarni qanday mexanizm yuritmalarida ishlatish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi? 
4.
Qadamli motorlarning ulanish chastotasi deganda nimani tushunasiz? 
5.
Chiziqli motorlarning asosiy afzalligi nimada? 
6.
Chiziqli asinxron motor bilan chiziqli sinxron motor orasida qanday farq 
bor? 
8 . ELEKTR YURITMADA O‘TKINCHI JARAYONLAR. 
 
8.1. Umumiy ma’lumotlar. 
Elektr motorini yurgazishda va to‘xtatishda uni reverslashda, rostlanadigan 
elektr yuritmada tezlikni o‘zgartirishda, dvigatel valiga mexanik yuklama 
qo‘yilganda elektr yuritmaning tok, moment va tezlik kabi parametrlari o‘zgaradi. 
Bunda yuritma ma’lum parametrlar bilan turgunlashgan bir xarakat rejimidan 
ikkinchi xil parametrli boshqa harakat rejimiga o‘tadi. Biroq bu o‘tish bir laxzalik 
bo‘la olmaydi, chunki zanjirlarning elektrmagnit inersionalligi ta’sirida motordagi 
tok birdaniga o‘zgara olmaydi. 
Elektr yuritmaning o‘tkinchi jarayoni deb vaqt ichida bir turg’unlashgan holatdan 
ikkinchi turgunlashgan holatga o‘tishiga aytiladi. 


221 
O‘tkinchi jarayonni sodir bo‘lish sabablari: 
-
Boshqaruv ta‘siri (elektr yuritmani yurgazish va to‘xtatish, tezlik topshirigini 
o‘zgarishi va boshqalar); 
-
Galayonli ta‘sirlar, asosan motor validagi yuklamani o‘zgarishi (M

o‘zgarishi). 
Ko‘pchilik elektr yuritmalar yuklamasi keskin o‘zgaruvchi jadal dinamik 
rejimlarda ishlaydi. Bunga metal kesuvchi dastgoxlar, tog ekskovatorlari, juvalash 
stanlari va shu kabilarni misol qilish mumkin. Bu mashinalar uchun o‘tish 
jarayoni vaqtini qisqartirib tezkorlikni oshirish kerak.
Ba‘zi bir ishchi mashinalarda aylanish tezligini stabilligi asosiy talab xisoblanadi. 
Bularga qogoz, plyonka ishlab chiqarish mashinalari va boshqalar misol bo‘la 
oladi. 
O‘tkinchi jarayonni taxlil qilish o‘tish rejimida ishlovchi kuzatuvchi elektr 
yuritmalar uchun muxim ahamiyatga egadir. 
O‘tkinchi jarayonlar quyidagi korsatkichlar bilan ifodalanuvchi tebranuvchan yoki 
aperiodik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (8.1 - rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin