O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Chiziqli bir koordinatali



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   182
7.4 - rasm. Chiziqli bir koordinatali 
motor konstruksiyasi 
7.5 - rasm. Silindrik konstruksiyali 
chiziqli motor 
Stator hamda ikkilamchi element orasidagi elektrmagnit bog‘lanishni 
kuchaytirish maqsadida, ikkilamchi element ikkita stator orasidagi chiziqli 
tirqishga joylashtiriladi yoki motor konstruksiyasi silindr shaklida bajariladi (7.5 - 
rasm). 
Motor slindr shaklida bo‘lganda uning statori trubka (1) ko‘rinishda bo‘lib, 
uning ichiga slindrik shaklda yig‘ilgan g‘altaklar (2) joylashtiriladi, ular stator 
chulg‘amlari bo‘ladi. G‘altaklar orasida ferromagnit halqalar (3) joylashtirilgan, 
ular magnit o‘tkazgichning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkilamchi element 
bo‘lgan shtok quvur shaklida bo‘lib ferromagnit materialdan yasalgan. 
Chiziqli asinxron motorlar teskari harakatli bo‘lishi ham mumkin, ya’ni 
ikkilamchi element qo‘zg‘almas qilib qotirilib, stator ilgarilanma xarakatga keladi. 
Bunday motorlar odatda transport vositalarida qo‘llaniladi. Bunda ikkilamchi 
element sifatida rels yoki maxsus tasmadan foydalaniladi, stator esa 
harakatlanuvchi aravachaga joylashtiriladi. 
Chiziqli asinxron motorlarning asosiy kamchiligi uning F.I.K.ning 
kichikligi, va unga asosan energiya yo‘qotilishining kattaligi, ayniqsa ikkilamchi 
elementda (sirpanish yo‘qotishlari). 
Oxirigi vaqtlarda asinxron motordan tashqari sinxron (ventilli) motorlar ham 
ishlatila boshladi. Ventilli motorning ishlash prinsipi 8 – bobda ko‘rib chiqilgan, 
va shu prinsip chiziqli motor uchun ham taalluqli bo‘ladi. Bunday motor 
konsturksiyasi 7.4 - rasmda ko‘rsatilgan konstruksiyaga o‘xshash bo‘ladi. Motor 


219 
statori tekislikka yoyilgan, ikkilamchi elementda esa doimiy magnit 
joylashtirilgan. Ba’zida teskari variantlar ham qo‘llaniladi, ya’ni stator siljuvchan 
qismda joylashtirilib, rotor magnitlari tekislikka yoyiladi. Stator chulg‘amlarini 
qayta ulash magnitlarining nisbiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Bu maqsadda 
konstruksiyada holat datchiklari ham nazarda tutiladi (4). (7.4 - rasm). 
Holatlanuvchi yuritmalar uchun chiziqli qadamli motorlar ham samarali 
qo‘llaniladi. Agar 7.3 - rasmda ko‘rsatilgan qadamli motor statorini tekislikka 
yoysak, va ikkilamchi element sifatida plastina shaklidagi tasmani qabul qilib, 
unda freza yordamida tishlar qo‘ysak, unda stator chulg‘amlarini mos ravishda 
qayta ulaganimizda ikkilamchi element ilgarilanma harakatga keladi va uning 
qadami juda kichik bo‘lib, millimetrning bo‘laklariga teng bo‘ladi. Bu motorlarda 
ko‘proq holatlarda ikkilamchi element qotirilgan teskari konstruksiya ishlatiladi. 
Chiziqli qadamli motorning tezligi tishli bo‘linma kattaligi τ, fazalar soni 
m

va qayta ulanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi: 
V = τf / m. 
 
Bu motorlarda katta tezliklarni hosil qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Chunki tishlar oralig‘i kattaligi va chastota kattaligini o‘zgartirish texnologik 
jixatdan murakkab hisoblanmaydi, chunki τ qiymat uchun minimal ko‘rsatkich 
cheklanadi, ya’ni tish bo‘linmasining stator va ikkilamchi element orasidagi 
masofa kattaligiga nisbati 10 dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Diskret yuritmalarni qo‘llash nafaqat mexanizm konstruksiyasini 
soddalashtirishda, balki bir yuritma bilan ko‘p koordinatali harakatni hosil qilish 
imkonini ham beradi. Agar harakatlanuvchi qism statorida ikki xil chulg‘am 
tizimini ortogonal ravishda joylashtirsak, ikkilamchi elementda esa ikki o‘zaro 
perpendikulyar yo‘nalishli ariqchalar yo‘nalsa, unda xarakatlanuvchi element ikki 
koordinata bo‘ylab, ya’ni tekislikda harakatlana oladi. Bu holatda harakatli element 
uchun tayanch konstruksiyasi muammo bo‘lib qoladi. Uni hal qilish uchun havo 
yostig‘i qo‘llanilishi mumkin. Chiziqli qadamli motorlar kichik tortuvchi 


220 
(itaruvchi) kuchga ega bo‘lib, ularning F.I.K. lari ham kichik bo‘ladi. Shuning 
uchun ularni asosan yengil xarakatlanuvchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. 
Bunday chiziqli motorlarni ishlatish murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
kinematik uzatmalardan voz kechish imkonini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin