8.2 - rasm. Qo‘zg‘atish chulg‘amini ulangandagi o‘tish xarakteristikalari i = f(t) o‘tish xarakteristikasi eksponensional xarakterga ega (8.2 b - rasm).
T e vaqt oralig‘ida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok 0,63
I turg qiymatgacha oshadi
; 3
T e vaqt oralig‘ida esa 0,95
I turg qiymatgacha va 5
T e vaqt oralig‘ida 0,996
I turg qiymatga
erishadi. Shuni xulosa qilish mumkinki, o‘tish jarayonini vaqti, eksponensional
xarakterga ega bo‘ladi, doimiy vaqtning 3 – 5 barobarini tashkil qiladi. Agar
qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning oshishini tezlatish talab qilinsa, bu yagona yo‘l
bilan amalga oshirilishi mumkin, ya’ni o‘tish jarayoni vaqtida qo‘zg‘atish
chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni oshiriladi. Agar kuchlanish a marotaba
oshirilib U
f
=
aI turg · R qiymatga yetkazilsa, unda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok
qiymati oshishi tezlashadi, bu esa 8.2 b - rasmdagi xarakteristikadan ko‘rinib
turibdi. Tok
I turg qiymatgacha oshganda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi kuchlanish U =
I turg R qiymatgacha pasaytiriladi.
Shunday qilib, o‘tish jarayoni vaqtini kamaytirish uchun kuchlanishni
o‘zgartirish (rostlash) kerak bo‘ladi. O‘tish jarayoni tugagandan so‘ng bu
kuchlanish uziladi.
a = U
f
/U nisbat jadallashtirish koeffitsienti deyiladi.
225
8.2. Elektr yuritmaning mexanik inersionligi orqali aniqlanadigan o‘tkinchi jarayonlari. Agar bir vaqtda tok, moment va motor tezligi o‘zgarsa bunday elektr
yuritmada o‘tish jarayoni ancha murakkab kechadi. Bunda bir vaqtning o‘zida
elektrmagnitli va mexanik o‘tish jarayonlari yuz beradi. O‘tkinchi jarayon
xarakteri jarayonda qatnashadigan inersionliklar soniga hamda ular vaqt
doimiylarining o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ob’yekt xarakteriga qarab o‘tish jarayonlari chiziqli yoki egri chiziqli
differensional formulalar bilan aniqlanadi. Agar egri chiziqlilik sezilarsiz bo‘lsa,
bunday formulani chiziqlilashtrishga xarakat qilinadi.
Chiziqli tizimlarda o‘tish jarayonining taxlili nazariy usulda olib borilishi
mumkin. Egri chiziqli tizimda esa tahlil EXM yordamida sonli usullar bilan yoki
kompyuterlarda modellash yo‘li bilan olib borilishi mumkin.
Agar vaqt doimiylari qiymati bo‘yicha bir biridan ikki va undan ko‘p
martaga farq qilsa, ularning kichik qiymatlisini inobatga olmasa ham bo‘ladi.
Bikir mexanik bo‘g‘inga hamda chiziqli mexanik xarakteristikaga ega
bo‘lgan motordan tashkil topgan elektrmexanik tizimni taxlil qilib ko‘ramiz.
Bunday elektrmexanik tizimning xarakati elektr yuritmaning xarakat
tenglamasi bilan aniqlanadi (2.3 bobga qarang):
M – M q = J Σ (8.8)
bu yerda J
Σ
va M
q
– val motoriga keltirilgan inersiya momentlari yig‘indisi va
xarakatga qarshilik momenti.
Chiziqli mexanik xarakteristika ifodasi
M = β( 0 - ) bo‘ladi. (8.9)
Bu yerda
0
– erkin aylanish tezligi.
(8.8) va (8.9) larni birgalikda yechib, motorning elektr yuritmaning mexanik
inersionligi orqali aniqlanadigan o‘tkinchi jarayonni izoxlovchi tenglamani hosil
qilamiz.
226
(8.10)
M
q
/β kattalik yuklama ta’sirida tezlikning Δω
q
ga pasayishini bildiradi (4.2 –
bobga qarang). (
0
– M
q
/β) kattalik esa M = M
q
bo‘lgandagi o‘tish jarayoni
tugaganda o‘rnatilgan tezlik qiymatini beradi (8.3 a - rasm).