244
ulanishi kechiktiriladi. Pnevmatik relelar 2.5 s dan 180 sek. gacha kechiktirishni
ta’minlaydi.
O‘lchov relelari nazoratdagi parametr kerakli qiymatga erishganda ishga
tushadi (o‘chadi yoki ulanadi). Tok kuchi va kuchlanish qiymati qaytarish uchun
mo‘ljallangan prujina burilishi rostlash yo‘li bilan rostlanadi.
Issiqlik relelari dvigeatelarni ortiqcha yuklanishdan saqlaydi. Bu relening
sezgi organi bimetal plastina bo‘lib, ortiqcha yuklanish bo‘lganda u qizib egiladi
va kantaktlarning uzilishiga olib keladi.
Sanoatda turli xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan ko‘plab relelar ishlab
chiqariladi. Ulardan RPUO va RPU-1, 2, 3, 4 rusumli tok elektrmagnit relelari,
REV- 800 rusumli kuchlanish va vaqt relelari, RVP- 72 rusumli pnevmatik relelar,
TRN va TRTP rusumli issiqlik relelari keng miqyosida ishlatiladi.
Elektr yuritmalarni boshqarish tizimlarida yuqoridagilardan tashqari boshqa
kontaktli elektr apparatlar ham ishlatiladi. Ular haqida ma’lumotlar maxsus
adabiyotlarda [18] va so‘rovnomalarda keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: