247
9.3 Mexanik va elektrik parametrlar datchiklari.
Elektr yuritmalarning avtomatik boshqaruv tizimlarida asosan 4 ta
ko‘rinishdagi datchiklar ishlatiladi:
tezlik datchiklari, holat datchiklari, tok
datchiklari va kuchlanish datchiklari.
Ishlash prinsipiga ko‘ra datchiklar analogli va diskretli turlarga bo‘linadi.
Analogli datchiklarda o‘lchanishi kerak bo‘lgan kattalik datchikda praporsionol
ravishdagi elektr signaliga aylanadi. Diskret datchiklarda esa bu kataliklar raqamli
yoki impulsli signalga aylanadi.
Tezlikning analogli datchiklari taxogeneratorlardir. Ular kichik o‘lchamli
generatorlar bo‘lib, dvigatel valiga o‘rnatiladi. Aksariyat
xollarda elektrmagnit
qo‘zg‘atishli PT turidagi yoki doimiy magnitlardan qo‘zg‘atishli ET turidagi
o‘zgarmas tok toxogeneratorlari qo‘llaniladi. Toxogeneratorlar
konstruksiyalarida
kichik tezliklarda chiqish kuchlanishning pulslanish darajasini pasaytirish choralari
ko‘riladi. Toxogeneratorlarning chiqish kuchlanishi
o‘z
valini aylanish
yo‘nalishini bildiradi. Toxogeneratorlarga qo‘yiladigan asosiy talab ular
xarakteristikasining
chiziqli bo‘lishidir.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritma tizimlarida
tezlikni sozlash
diapazoni katta bo‘lganda taxogeneratorlarning aniqlik darajasi yetarli bo‘lmasligi
mumkin. Yuqori aniqlikda ishlaydigan elektr yuritmalar uchun raqamli tezlik
datchiklari ishlatiladi [12].
Raqamli datchiklar ikki asosiy qisimdan iborat: valning burilish burchagini
impulslar soniga aylantiruvchi impulslar datchigi va impulslar xisoblagichi – kod
o‘zgartirgichi.
Impulslar chastotasi
valning aylanish tezligini proporsional
bo‘ladi:
(9.1.)
Bu yerda,
- val bir aylanishidagi impulslar soni.
248
Impulslar datchigi fotoelektrik kodli disk asosida
yoki induktor asosida
bajarilishi mumkin. Xar ikkala variantda ham datchik ikki xil impuls ishlab
chiqaradi. Bu impulslar faza bo‘yicha
ga siljigan bo‘ladi.
Bu siljish esa
burchak tezligini aniqlashda ishlatiladi. 9.4 - rasmda impulslarning fotoelektrik
datchiklari ish prinsipi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: