O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


- rasm. Simmetrik optimumga rostlangan tezlik konturidagi o‘tish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182
10.18 - rasm. Simmetrik optimumga rostlangan tezlik konturidagi o‘tish 
jarayonlari 
Tizimga filtrning ulanish 
M
q
yuklama ta’siri bo‘yicha qayta ishlash jarayoniga 
o‘zgarish kiritmaydi; tezlik bo‘yicha o‘rnatilgan xatolik esa nolga teng bo‘ladi. 
Holatni rostlash tizimi uch konturli qilib quriladi. Bunda tashqi holat konturi 
tezlik konturini boshqaradi. 


297 
10.7.
 
Chastotali – rostlanuvchi asinxron elektr yuritmalarni andozaviy 
boshqarish tizimlari. 
O‘zgaruvchan tokli rostlanuvchan asinxron elektr yuritmalar odatda chastotasi 
bo‘yicha boshqariladigan, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektr motorlar 
asosida quriladi. Bunda iste’mol manbasi sifatida kuchlanish manbai (KCHO’) 
yoki tok manbai (TCHO’) rejimida ishlaydigan yarim o‘tkazgichli chastota 
o‘zgartirgichlaridan foydalaniladi. 
Motor uchun maqsadli bo‘lgan boshqarish usuli elektr yuritmaga 
qo‘yiladigan texnik talablarga bog‘liq bo‘ladi. Rostlash diapazoni cheklangan va 
dinamik ish rejimlari bo‘lmagan elektr yuritmalarda chastotali parametrik usul 
ishlatiladi. Bunda chastota hamda KCHO’dan chiqadigan kuchlanish berilgan 
tezlikka moslashtirib rostlanadi. 
Dinamik rejimga yuqori talablar qo‘yiladigan va rostlash diapazoni 100 ga 
teng bo‘lgan elektr yuritmalarda chastota – tokli usul ishlatiladi. Bunda chastota 
hamda TCHO’ dan chiqadigan tok qiymati motorning berilgan tezlik va ta’sir 
qilayotgan yuklamadagi ablolyut sirpanishga moslashtirib rostlanadi. 
Dinamik xarakteristikalarga yuqori talablar qo‘yiladigan va katta rostlash 
diapazoniga ega bo‘lgan elektr yuritmalar uchun uch fazali tizimning oniy 
qiymatini rostlash usulidan foydalaniladi. 
Nisbatan soddaroq tuzilishga ega bo‘lgan chastotali boshqaruv tizimi bo‘lib 
chastotali – parametrik tizim hisoblanadi. Bunday tizimlar statizmi 
S
μtez
= 5-10% 
bo‘lganda tezlikni rostlash diapazonini D = 20:1 gacha ta’minlab beradi. Odatda bu 
tizim tezlik bo‘yicha ochiq konturli chastotali rostlash tizimidir ularda asinxron 
motordagi ma’qul bo‘lgan mexanik xarakteristikalar chastota o‘zgartirgichlarining 
mexanik xarakteristikalarini shakllantirish hisobiga hosil qilinadi. Ya’ni motor 
iste’mol qiladigan kuchlanishning chastotaga nisbati 
U
ch o‘
/ f
ch o‘
.
Bunday elektr yuritma tizimining funksional sxemasi 10.19 - rasmda 
keltirilgan 
f
cho’.
chastota beriladigan tezlik ω
3
qiymatiga qarab aniqlanadi
o‘zagrtirgichning chastotani rostlash kanali 
f
cho‘
(U
zs
)
chiziqli rostlash 


298 
xarakteristikasi bilan bajariladi. Kuchlanishni rostlash kanaliga FO’ o‘zgartirgich 
kiritiladi. U esa chastota va kuchlanish orasidagi kerakli nisbatni ta’minlaydi. 
Bunda o‘zgartirgich kuchlanish manbai hossalariga ega bo‘lishi uchun chiqish 
kuchlanishi U
ch o‘
bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish nazarda tutilishi kerak. Bu 
chastota va kuchlanish orasidagi nisbatni aniq ushlash imkonini beradi. Eng ko‘p 
qo‘llaniladigan nisbatlar 6.2. bobda keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin