O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182
12.4.
 
 Quvvatni hisoblash va elektrmotor turini tanlash. 
Yuritma eletr motorini tanlashda quyidagi qator masalalar echiladi: 
- elektr motor quvvatini hisoblash
- nominal aylanish tezligini hisoblash (shuningdek mexanik uzatmaning uzatish 
nisbati aniqlangan); 
- yuklanish shartlari bo‘yicha ish rejimlariga ko‘ra motorni tanlash; 
- yurgazish shartlariga ko‘ra motorni tanlash; 
- motor himoya qobig‘i darajasini aniqlash; 
- atrof – muhitga ko‘ra motor konstruktiv ijrosini tanlash; 
- motorni sovutish tizimini tanlash. 
Atrof – muhit shartlariga ko‘ra motorlar quyidagi klimatik ijrolarda 
tayyorlanadi. U, UXL, T, M, OM (GOST 15543 - 70) (mo‘tadil, mo‘tadil va 
sovuq, tropik, dengiz iqlimi).
Xizmat ko‘rsatuvchi personalning tok o‘tkazuvchi va xarakatlanuvchi 
qismlarga tegib ketishidan himoyalash bo‘yicha, mashina ichiga begona jismlar 
tushishidan, namlik va suv tushishidan himoyalash bo‘yicha quyidagi ijrolarda 
tayyorlanadi: 


328 
12.1-jadval 
IP00
- Ochiq elektr mashinasi, maxsus himoya yo‘q. 
IP10,IP20 
- Begona jismlar tegishi va tushishidan himoyalangan. 
IP11…IP43 - Suv tomchilaridan himoyalangan, begona jismlar tegishi va 
ichiga tushishidan himoyalangan. 
IP44 – IP54 - Yopiq mashina, suv sachirashlaridan himoyalangan, begona 
jismlar tegishi va ichiga tushishidan himoyalangan. 
IP55 – IP58 - Yopiq mashina, suv sepmalaridan va uzoq vaqt suvta’sirida 
bo‘lganda suvning ichiga o‘tishidan himoyalangan. 
Bulardan tashqari portlash xavfi bo‘lgan sharoitlarda va atrof – muhitning 
maxsus sharoitlarida ishlaydigan mashinalar ishlab chiqariladi. 
Sovutish tizimi bo‘yicha motorlar tabiiy sovutishli, o‘zini o‘zi sovutuvchi va 
muqobil sovutish tizimli mashinalarga bo‘linadi. 
Dinamik rejimlarda (davriy xarakatli mashinalar, kuzatuvchi yuritmalar va b.) 
ishlaydigan elektryuritmalar uchun rotorining kamaytirilagan inersiya momentiga 
ega bo‘lgan motorllarni tanlashga harakat qilinadi. Bunday sharoitlar uchun kam 
inersiyali elektrmotorlar ishlab chiqiladi. Krivoship – shatunli mexanizmlar uchun 
esa oshirilgan inersiya momentli elektrmotorlar ishlab chiqiladi. Takrorli – qisqa 
vaqtli rejimda va noqulay foydalanish sharoitlarida ishlaydigan yuritmalar uchun 
maxsus konstruksiyali motorlar ishlab chiqariladi – kran – metallurgiya xo‘jaligi 
motorlari. 
Elektryuritmaning nominal parametrlarini tanlashda elektrmotor vali va 
ishchi mashinani birlashtiruvchi reduktor yoki boshqa uzatmaning uzatish soni 
qiymatini aniqlash masalasini halqilishga to‘g‘ri keladi. Sinxron va asinxron 
motorlar katta aylanish tezligi bilan ishlab chiqariladi (sinxron motorda odatda 
3000, 1500, 1000, 750 va 600 ayl /min bo‘ladi). Aksariyat hollarda mashina ishchi 
a’zosining tezligi ancha past bo‘lishi talab qilinadi. Aylanish tezligini kamaytirish 


329 
va ishchi a’zo validagi momentni kuchaytirish uchun pasaytiruvchi uzatmalardan 
(reduktor) foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki elektrmotorning massasi, tashqi o‘lchamlari uning 
nominal quvvati bo‘yicha emas, balki nominal momenti bilan aniqlanadi 
M
n
 = 
,
(12.1) 
Bu yerda, – motorning nominal quvvati, Vt, 
M
n
- motorning nominal momenti, Nm, 
- motorning nominal burchak tezligi 1/s, 
- motorning nominal aylanish tezligi ayl/min. 
Elektr motorning nominal momenti elektr mashina aktiv qismlari hajmiga va 
bu mashina uchun qabul qilingan elektrik va elektrmagnit yuklamalar qiymatiga 
proporsional bo‘ladi. 
M
n
 = k· D
2
 ·L·A·B. 
Bu yerda – D va L – motor rotori–aktiv qismining diametr iva uzunligi. 
A- chulg‘amdagi cheklangan tok zichligi, A/mm
2
B – magnit o‘tkazgichdagi induksiya, Tl. 
Taxminan aytish mumkinki, motor aktiv qismi o‘lchamlari va og‘irligi uning 
nominal momentiga proporsional bo‘ladi. masalan 750 ayl/min aylanish tezligiga 
ega bo‘lgan asinxron motor, shu quvvatli 3000 ayl/min tezlikni motorga nisbatan 4 
barobar katta va qimmat bo‘ladi. 
Shundan kelib chiqqan holda konstruktorda quyidagi tanlov muammosi bo‘ladi. 
- katta aylanish tezlikli, kichik xajmli ixcham motorni reduktor bilan ishlatishmi? 
- yoki kichik aylanish tezlikli, katta xajmli qo‘pol motorni reduktorsiz to‘g‘ridan – 
to‘g‘ri ishlatishmi? 
Tanlov texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish va ishchi mashinani to‘liq 
holda to‘g‘ri joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 


330 
Kichik va o‘rta quvvatli elektr yuritmalar uchun (200 kWt gacha) odatda 
reduktorli yuritmalar qo‘llaniladi. Zamonaviy konstruktorlik yechimlarida motor 
va reduktor bitta korpusda yig‘ilgan motor – reduktor ko‘rinishidagi yuritmalar 
ham keng ko‘lamda ishlatiladi. 
Elektr motorning quvvati asosan uchta shartga ko‘ra hisoblanadi: 
1.
Motorning qizishi berilgan himoya sinfi uchun cheklangan qiymatdan oshib 
ketmasligi kerak. 
2.
Motorning ortiqcha yuklanish qobiliyati yetarli darajada bo‘lishi kerak va 
yurgazish va tormozlash kabi rejimlarda ishlaganda hosil bo‘ladigan 
maksimal momentlarni ko‘tara olishi kerak. 
3.
Katta inretsiya momentli mexanizmlari bo‘lgan yuritmalarda yoki bir soat 
davomida ko‘p sonli o‘chirishlar bo‘lgan holatlarda rotorning qizishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi kerak. 
Motorning cheklangan qiymatidan ortiqcha qizib ketishi himoya qatlamining 
eskirishiga va motorning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Motor qizish 
haroratining cheklangan qiymati motor chulg‘amlari himoyasi sinfiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
12.1 – jadval 
Turli sinfli himoya qatlami uchun cheklangan qizish harorati va haroratning 
ortishi qiymatlari. 
Parametrlar 
Himoya sinfi 


G‘ 

Himoya materialining cheklangan 
qizish harorati (ST –SEV 782-77),S
0
120 
135 
155 
180 
Elektr 
motor 
chulg‘amlarining 
cheklangan qizish harorati (GOST -
183-74),S
0

120 
140 
165 
Harorat 
ortishining 
cheklangan 
qiymati (GOST 183-74), S
0
75 
80 
100 
125 


331 
Motor qizib ketish haroratini bizga ma’lum bo‘lgan yuklanish diagrammasi 
asosida hisoblash nihoyatda qiyin masala hisoblanadi. Aniqroq bo‘lgan usul 
motordagi o‘rtacha energiya isroflari usuli hisoblanadi (ΔP
o’r
). Bunda har qaysi 
yuklanish uchun motordagi energiya isroflari qiymati aniqlanadi, undan keyin 
bir sikl uchun energiya isroflarining o‘rtacha qiymati aniqlanadi. Bunday usul 
isroflarni hisoblash murakkabligi uchun kam qo‘llaniladi. Shuning uchun 
amaliyotda motor qizishining baxolashning boshqa usullaridan foydalaniladi. 
Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul ekvivalent kattaliklar (tok, mment yoki quvvat) 
usuli hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin