43
yuk ko‘tarilayotgandagi qarshilik momenti tushirilayotgandagiga
nisbatan bir
qancha oshib ketadi. Bu esa uzatmalardagi mexanik isroflar bilan izohlanadi.
4-xarakteristika turbomexanizmlar uchun (nasos, ventilyator, kompressor)
mexanizm validagi moment bevosita uning tezligiga bog‘liqdir. Masalan
ventilyator uchun quyidagi bog‘liqlik mavjud
M=KѠ
2
5-xarakteristika o‘rash moslama va mashinalariga tegishli.
Ular uchun
quvvat doimiyligi asosiy texnologik talab hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish joizki, mashinaning mexanik xarakteristikalari orqali
aniqlanadigan ishchi mashina validagi momentlar motor tezligi o‘zgarishidan hosil
bo‘ladigan momentning dinamik tashkil etuvchisini e‘tiborga olmaydi.
2.2. Elektr motorning motor va tormoz rejimlari
Har qanday elektr mashina energiyani elektrmexanik o‘zgartgichi kabi ikki
xil rejimda: elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi motor
rejimida va mexanik energiyani elektr energiyasiga
aylantirib beruvchi tormoz
(generator) rejimida ishlashi mumkin. Motor rejimda (2.6 - rasm, a) tarmoqdan
olinayotgan P manba quvvati, quvvat isroflari P ni
hisobga olgan holda elektr
yuritmaning mexanizmlari yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi va
mashinaning ishchi organiga (IO) uzatiladi.
Tormoz rejimi esa o‘zining energetik xarakteristikalari bo‘yicha turlicha
bo‘lishi mumkin.
Rekuperativ generatorli tormoz rejimi (2.6 - rasm, b);
bu rejimda elektr
mashinasidan olingan kinetik energiya yoki mashina ishchi organlaridan
olinadigan potentsial energiya elektr motorning valiga uzatilib, uni xuddi generator
sifatida ishlatish imkonini beradi. Natijada generatorda hosil qilingan elektr
mashina isroflaridan xoli bo‘lgan elektr energiyasi tarmoqqa uzatiladi.
Bu rejim
energetik tomondan ko‘proq foydali hisoblanadi, ya‘ni tormozlanish energiyasidan
unumli foydalaniladi.
Dinamik tormozlanish rejimi (2.6 - rasm, c) bu rejimda tormozlanshi
paytida motor tarmoqdan uziladi va qarshilik bilan yuklangan avtonom generator
44
sifatida
ishlaydi; tormozlanishdan hosil bo‘ladigan energiya valga ta‘sir qilib
undan song elektr energiyasi hosil qilinadi, bu elektr
energiyasi esa mashinadagi
elektr isroflarga va yakor chulg‘amiga ulangan tormozlash qarshiligiga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: