O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Elektr yuritma ish rejimlarining energetik diagrammasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182
2.6 - rasm. Elektr yuritma ish rejimlarining energetik diagrammasi 
Teskari ulanish rejimi (2.6 - rasm, d); bu rejimda mexanizmni 
xarakatlantirayotgan motor teskari yo‘nalishda aylantiriladi. Bunda motor 
tarmoqdan olayotgan energiya va valga ta‘sir qilayotgan tormozlanish mexanik 
energiyasidan foydalaniladi. Bu energiyalar yigindisi motordagi energiya isroflar 
va tizimga ulangan qarshiliklarga sarflanadi. Bu rejimda katta energiya isroflari 
kuzatiladi.
Ba‘zan teskari ulanish rejimi yuk ko‘tarish mexanizmlari elektr 
yuritmalarida yukni tushirish paytida tormozlanishni kuchaytirish uchun ishlatiladi. 
Energetik diagrammalarni tahlil qilganimizda shuni inobatga olish kerakki
agar tormozlanishda texnologik jarayon davom etayotgan bo‘lsa tormozlanishdan 
hosil bo‘lgan kinetik energiyaning ma‘lum bir qismi foydali ishni bajarish uchun 
yo‘naltiriladi. 
 
 


45 
2.3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi 
Mahkamlangan oqqa nisbatan aylanma harakatni amalga oshiruvchi 
mexanik tizimga ikki turdagi moment ta‘sir qiladi: motordan hosil bo‘ladigan 
aylanish momenti M va ishchi organdan hosil bo‘ladigan qarshilik momenti M
q
(2.7 - rasm) 
M=M
q
yoki M-M
q
=0 
(2.1) 
bo‘lsa, bunda mexanik tizim turg’unlashgsn aylanish tezligi bilan harakatlanadi 
(ω=ω
turg’.
) yoki tizim tinch holatda bo‘ladi (ω=0). 
2.7 - rasm. Mahkamlangan o‘qqa nisbatan aylanma xarakatlanuvchi
mexanik tizimga qo‘yilgan momentlar. 
Bu holat Nyuton mexanikasining birinchi qonuniga ya‘ni inertsiya qonuniga 
to‘g‘ri keladi. Aylanma harakatdagi jismlar uchun u quyidagicha bo‘ladi: 
mahkamlangan aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarga qo‘yilgan moment ularni o‘z 
holatlaridan chiqarmagunga qadar ular tinch holatda yoki tekis aylanish holatida 
bo‘ladilar. 
,
(2.2) 
ya‘ni , valga qo‘yilgan momentlar yig‘indisi nolga teng bo‘lsa, bu mexanik tizim 
turg’unlashgan tezlik ω
turg.
bilan aylanadi ( yoki tinch holatda bo‘ladi). 
Ilgarilanma harakat uchun esa o‘rnatilgan rejim formulasi quyidagicha 
bo‘ladi: 

ya‘ni , jismga qo‘yilgan kuchlar
vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lsa, bu jism turg’unlashgan tezlik V
turg’
bilan 
xarakat qiladi yoki tinch holatda bo‘ladi. 


46 
Xarakatga qarshilik momenti odatda statik moment deyiladi, chunki (2.2) 
formulaga binoan bu moment elektr yuritmaning o‘rnatilgan rejimini belgilaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin