359
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini rag‘bat-
lantirish, sog‘lom avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini
oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi
keksa va mehnat
qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish
bilan bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza
qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda bu funksiya-
ning namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash,
boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash,
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda
muhim funksiya –
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‘z
fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z oldiga
ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy
vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy
ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: