90
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.
Davlat moliyasini boshqarish obyektlari va subyektlari qaysilar?
Misollarda tushuntiring.
2.
Davlat moliyasini boshqarishga mas’ul organlarning asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
3.
Markaziy va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining davlat moliyasi
borasidagi vakolatlari va mustaqilligi shartlari va mezonlari qanday?
4.
Byudjet istiqbolini belgilash, byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlash-
tirishda markaziy va mahalliy davdat hokimiyati organlari faoliyatida qanday
muammolar mavjud, ularni hal etish yo‘llari qanday? Bu borada O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar
strategiyasida qanday ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan?
5.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini
boshqarishdagi ahamiyatini nimalar bilan izohlash mumkin?
6.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning
tarkibiy bo‘linmalarining davlat moliyasini boshqarish borasidagi vakolatlari
nimalardan iborat?
7.
Xorijiy davlatlarda markazlashgan va nomarkazlashgan
davlat
moliyasini boshqarish organlari haqida nimalarni bilasiz?
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1.
Davlat moliyasini boshqarishga mas’ul organlarning vakolatlari,
vazifalari va funksiyalari aks ettirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar katalogini ishlab
chiqing.
2.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga
mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini o‘rganish asosida “Davlat moliyasini
boshqarishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida taqdimot
tayyorlang.