8-BOB. DAVLAT BYUDJETI 8.1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Davlat byudjetining
mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‘nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari
bo‘lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlar. Masalan, nomi keltirilgan o‘quv
qo‘llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning
qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy)
mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon
bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”
18
, - deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga
nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems”
19
nomli qo‘llanmada
keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib
borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‘z xatti-harakatlari uchun
javobgarlik
va
mas’uliyatga
chaqirishga
bo‘lgan
intilish
bilan
bog‘liq”
20 .“Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va
imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin”
21
.
Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning:
-
iqtisodiy kategoriya sifatida;
-
moddiy tushuncha sifatida;
-
huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan
(8.1-rasm).
18 Malikov T.S., Xaydarov N.H.Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma– T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5-b.
19 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012.