92
8.1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyati
22
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti
– davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning
faol qismi bo‘lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta
taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo‘lib, ular
natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa, davlat boshqaruvi va
boshqa davlat ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi –
davlat
byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti
– markaziy
hukumat va tegishli
darajadagi mahalliy hokimiyatlar faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan markazlashti-
rilgan pul mablag‘lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjet
i – markaziy va tegishli mahalliy
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab
chiqiladigan va belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag‘lari
fondini shakllantirish,
taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja,
yuridik
22
Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 102-bet.
Dostları ilə paylaş: