172
munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar
korxonalarida qoladigan sof
foydaning bir qismi;
-
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini
sotishdan olingan daromadlar;
-
Bandlik jamg‘armasining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida va boshqa
moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
-
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari;
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlikka
ko‘maklashish
davlat
jamg‘armasimablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari:
-
mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish,
aholi
bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni
ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirishni moliyaviy ta’minlash;
-
ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim
muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga
uchrayotgan va mehnat
bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va
moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni
amalga oshirish;
-
ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga
va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy
muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha
xarajatlarni
moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo‘yicha organlarning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning
tasarrufida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri
bo‘linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo‘limlari jamg‘armaning
moliyaviy resurslarini to‘liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun
javobgardirlar.
173
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq jamg‘arma daromadiga
o‘tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligiva uning tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishni
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari
vazirligihamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat
tug‘ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy
resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: