O'qitishning asosiy maqsadlari Matematika so'zi qadimgi grekcha mathema so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish»


Matematikaga o’qitishning maqsadlari



Yüklə 73,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü73,3 Kb.
#209783
1   2   3   4   5   6   7
1-maruza

Matematikaga o’qitishning maqsadlari. 
Ta’lim maqsadlari – pedagogik tizimning ma’lum bir komponentini 
aniqlovchilardir. Ular zamonaviy talablarga, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasiga 
bog’liq bo’ladi.
Matematika o’qitishning asosiy maqsadlari (keng ma’noda): 
– barcha o’quvchilarning inson madaniyatining matematik shaxobchasida 
paydo bo’ladigan va zamonaviy jamiyatda to’laqonli rivojlanish uchun kerak 
bo’ladigan fikrlash va faoliyat elementlarini egallashi;
– iste’dodli o’quvchilar uchun matematikaga qiziqish uyg’otish hamda 
matematik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan barcha sharoitlarni yaratish; 
– ta’lim maqsadlariga monand ravishda matematikani o’qitishning darajasi 
belgilanadi: 1 – umummadaniyatli; 2 – umumta’limiy; 3 – ijodiy. 
O'rta umumta'lim maktablarida matematika
o'qitishning maqsadlari 


O'rta maktablarda matematika o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan 
belgilanadi: 
1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi. 
2.
Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3.
Matematika o'qitishning amaliy maqsadi. 
Masalan: Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo'yadi: 
a) 
O'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu 
bilimlar tizimi matematika fani to'g'risida o’quvchilarga yetarli darajada ma'lumot 
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi 
kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan 
bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, ya'ni isbotlash va 
nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak. 
b) 
O'quvchilarning 
og'zaki 
va 
yozma 
matematik 
bilimlarini 
tarkib 
toptirish.Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida xatosiz so'zlash, 
o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini 
o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so'z o'quvchilarning har bir 
matematik qoidani o'z ona tillarida to'g'ri gapira olishlariga erishish hamda ularni 
ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to`g`ri yoza olvvvish 
qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir. 
v) O'quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish

Bu yerda o'quvchilarga real olamda ro’y beradigan eng sodda hodisalardan tortib to 
murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va
 
ular orasidagi 
miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish 
ko'zda tutiladi. 
Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari 
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 
Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagilarni qo'yadi: 
a)
O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g'oya bilish nazariyasi 
asosida amalga oshiriladi. 
b)
O'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash.Bizga 
ma'lumki, matematika darslarida o'quvchilar o'qishning dastlabki kunlaridanoq 
mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar 
natijasida, so'ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana 
shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. 


Matematika o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini 
o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
v) O'quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. 
Matematika darslarida o'rganiladigan har bir matematik xulosa qat'iylikni talab 
qiladi, bu esa o'z navbatida juda ko'p matematik tushuncha
 
va qonuniyatlar bilan 
ifodalanadi. O'quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o'rganishlari 
davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa 
chiqarish madaniyatlari shakllanadi. O'quvchilarni biror matematik qonuniyatni 
ifoda qilmokchi bo'lgan fikrlarni simvolik tilda to'g'ri ifodalay olishlari va aksincha 
simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o'z ona tillarida ifoda qila 
olishlariga o'rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi. 
Matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami 
qo'yadi: 
a) Matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan 
elementar masalalarni yechishga tadbiq qila olishga o'rgatish. Bunda asosan 
o'quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog'lay olish imkoniyatlarini tarkib 
toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish 
malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy 
masalalarni hal qilishga o'rgatiladi. 
b) Matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish 
malakalarini shakllantirish. Bunda o'quvchilarning, matematika darslarida texnika 
vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan 
foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi. . 
v) O'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish. 
Bunda asosan o'quvchilarni o`quv darsliklaridan va ilmiy-ommaviy matematik 
kitoblardan mustakil o'qib o'rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. 

Yüklə 73,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin