Ma`ruza 1. Matеmatika fani predmeti va uning rivojlanish tarixi.
Matematikaga fan va o`quv predmeti sifatida tavsif. Matematika
o'qitishning
asosiy maqsadlari
Matematika so'zi qadimgi grekcha - mathema so'zidan olingan bo'lib, uning
ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli-
tuman bo'lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi
ostida bitta predmetga
birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifidan
yaqqol ko'rish mumkin. «Matematika-haqiqiy borliqning miqdoriy munosabatlari va
fazoviy formalaridir».Ushbu ta`rifdan matematika fanining o'rganadigan narsasi
(ob'ekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy
formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlardan iboratligi ko`rinib turipdi.
Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi.
1)
elementar matematika, 2) oliy matematika.
Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo'lgan fan bo'lib, u oliy
matematikaning turli tarmoqlaridan, ya'ni nazariy arifmetikadan,
sonlar
nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy
kursidan olingan elementar ma'himotlar asosiga qurilgandir.
Oliy matematika fani esa real olammng fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlami to'la hamda chuqur aks ettiruvchi matematik
qonuniyatlarni topish bilan shug'ullanadi.
Matematikaning turli sohalari mana shu miqdoriy munosabatlar va fazoviy
formalarning ayrim xususiy hollari bilan ish ko'radi.
Matematika predmetining tarkibi quyidagilardan iborat:
1.
Matematika rivojlanishi jarayonida yig'ilgan faktlar.
2.
Gipotezalar, ya'ni ilmiy farazga
asoslangan, keyinchalik tajribada sinab
ko'riladigan faktlar.
3.
Umumiylashtirilgan va o'z asosini topgan materiallar, ya'ni matematik nazariya
va qonun-qoidalar.
4.
Matematika metodologiyasi-matematika predmetini o'rganishga
yondashishni
xarakterlovchi matematik qonunlar va nazariyalarni tushuntirishning umumiy usuli.
Matematika predmetining sanab o'tilgan elementlari o'zaro bog'liq va doim
rivojlanishda.
Ko'pchilik
matematika
tarixchilari
matematika
rivojlanishining
A.N.Kolmogorov tomonidan tavsiya qilingan davrlashtirishni ma'qul ko'radilar.
Buning asosiy sababi, Kolmogorovning davrlashida
matematikaning muhim
metodlari, g'oyalari va natijalari, ya'ni matematikaning mazmunini baholash asos
qilib olingan. Matematika rivojlanishini bunday maxsus davrlarga bo'lish
matematika tarixini mohiyatini
butunlay hal qilib bermaydi, balki matematika
rivojlanishining obyektiv qonunlarini yaxshiroq tushunish uchun qo'shimcha bir
vosita bo'ladi. Uning fikricha matematika rivojlanishini quyidagi to'rt davrga bo'lish
maqsadga muvofiqdir: