tushunchasi bir qaraganda bir-biridan juda uzoq tuyulgan matematik faktlar va
metodlarning birligini o'rgatishga yordam beradi.
Ma’lumki, matematika elementlari ixtiyoriy bo'lgan to'plamlar ustida amallar
bajaradi va turli munosabatlarni qaraydi. To'plamlarning elementlari ularni
boshqaruvchi aksiomalarga bog'liq ravishda turli matematik strukturalar hosil qiladi.
Keyingi paytlarda matematikaning turli bo'limlarini, hatto ayrim matematik pred-
metlarni o'sha strukturalarning modeli sifatida talqin qilina boshladi. Shu sababli
hozirgi zamon matematikasini matematik strukturalar va ularning modellari
haqidagi fan deb ta'riflash mumkin.
Matematika hamma boshqa fanlar singari uzluksiz rivojlanib turadi. Buning
quyidagi ikki sababi mavjud: birinchidan, uning rivojlanishini kundalik hayot va
amaliyot
taqozo
qiladi(sub`ektiv
sabablar);
ikkinchidan,
rivojlanishni
matematikaning o'z ichki ehtiyoji(ob`ektiv sabablar) talab qiladi.
Matematikaning tez sura'tlar bilan rivojlanishi texnikani, iqtisodni, ishlab
chiqarishni boshqarishning rivojlanishiga, shuningdek boshqa qo'shni fanlarning ham
rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Matematika darslari jarayonida tarixiy ma'lumotlardan foydalanish uni
yanada qiziqarli qiladi, o'quvchilarning o'rganilayotgan materialga qiziqishlarini
orttiradi, bilimlarni mustahkam egallashlariga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: