Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari Reja: Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari Aniqmas integralning sodda xossalari
1. Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari 2. Aniqmas integralning sodda xossalari 3. Integrallash qoidalari va asosiy integrallar jadvali 4. Integrallash usullari 5. Aniq integralda o’zgaruvchini almashtirish
1. Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari Differensial hisobning asosiy masalalaridan biri berilgan f(x) funksiyaga ko‘ra uning hosilasi ni topishdan iborat edi. Bu masalaning teskarisi, yaьni hosilasiga ko‘ra funksiyaning o‘zini tiklash masalasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, integral hisobning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
f(x) funksiya biror (a,b) (chekli yoki cheksiz) intervalda aniqlangan bo‘lsin.
1-ta’rif. Agar (a,b) da f(x) funksiya biror F(x)funksiyaning hosilasiga teng, ya’ni (a,b) intervaldan olingan ixtiyoriy x uchun F’(x)= f(x) bo‘lsa, u holda F(x) funksiya (a,b) intervalda f(x) funksiyaning boshlang‘ich funksiyasi deyiladi.
Masalan,
1) f(x)= bo‘lsin. Bu funksiyaning (0;+) intervalda boshlang‘ich funksiyasi F(x)=2 bo‘ladi, chunki (0;+) da ;
2) f(x)=x2 ning (-;+) oraliqda boshlang‘ich funksiyasi bo‘lishi ravshan.
Ravshanki, agar biror oraliqda F(x)funksiya f(x) ning boshlang‘ich funksiyasi bo‘lsa, u holda ixtiyoriy o‘zgarmas C son uchun
F(x)+C (1)
funksiya ham f(x) ning boshlang‘ich funksiyasi bo‘ladi, chunki
(F(x)+C)’=F’(x)=f(x).
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: agar f(x) funksiya biror boshlang‘ich funksiyaga ega bo‘lsa, u holda uning boshlang‘ich funksiyalari cheksiz ko‘p bo‘ladi.
Quyidagi savol tug‘ilishi tabiiy: biror oraliqda berilgan f(x) funksiyaning barcha boshlang‘ich funksiyalari (1) formula bilan ifodalanadimi, boshqacha aytganda f(x) funksiyaning (1) formula bilan ifodalanmaydigan boshlang‘ich funksiyalari mavjudmi?
Bu savolga quyidagi teorema javob beradi.