Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

milliy valyutamizni erkin 
konvertatsiya qilishga kirishildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani 
tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet 
el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 
barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, 
davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga 
ko‘paydi”
2

 
Xulosalar 
1.
Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning paydo bo‘lishi ijtimoiy mehnat 
taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar 
alohidalashuvining rivojlanishi bilan bog‘liq. 
2.
Tovarning ikki xossasi – nafliligi (iste’mol qiymati) va qiymati tovarda 
gavdalangan inson mehnatining ikki yoqlama tavsifi natijasida vujudga keladi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 3.1-bandi. 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi 
gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr. 


160 
Agar naflilik (iste’mol qiymati) aniq mehnat orqali yaratilsa, almashuv qiymati 
abstrakt mehnatning natijasi hisoblanadi. 
3.
Qiymat tovarning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta 
ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun 
mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar 
ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat 
mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
4.
Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida asosan ikki xil 
yo‘nalishdagi yondashuv mavjud: qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va 
keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari. Birinchi nazariya tovar qiymatini 
unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi 
nazariya tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo‘shilgan tovar 
nafliligi belgilab beradi, deb ko‘rsatadi. 
5.
Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida 
umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni ayirboshlash 
mumkin bo‘lgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqdi. 
6.
Pul o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi: tovar 
pullar (pul o‘rnini har xil mahsulotlar bosgan); to‘la qiymatga ega pullar (oltin yoki 
kumush); to‘la qiymatga ega bo‘lmagan pullar (qog‘oz pullar, oddiy metall 
tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka). 
7.
Mamlakatimizning mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda milliy 
valyutamiz (so‘mning) muomalaga kiritilishi nihoyatda katta rol o‘ynadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin