308
Ayni paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham
namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni – bir turdagi
naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan
ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat
pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan
yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan
esa, o‘tkazilgan va yangidan yaratilgan qiymatda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik
kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu
harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini
pul
shaklidan
boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni
ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi
(avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi.
Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
Dostları ilə paylaş: