311
aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik
kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan
mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda
bo‘lgan xomashyo
va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa
qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha
doiraviy aylanishdan keyin
o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma
kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy
aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan
mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir
necha
yillik
xizmat
muddati
davomida
ashyoviy-buyum
shaklini
o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol
qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va
ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari.
Asosiy kapital
uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi,
o‘zining oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi
doiraviy aylanishlar
davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall va
b.) har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining
ashyoviy-
buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
Dostları ilə paylaş: