315
bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga
teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham
eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan
farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan
tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining
pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan
almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning
texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan
mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan
mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli
mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular
yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini
olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir
qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: