Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tugatishdan olingan mablag‘ (M
t
) va shu vositaning xizmat davri (X
d
) hisobga 
olinadi:
%
100





d
аs
t
k
аs
n
Х
К
М
Т
К
А

Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eskirishining 
haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini 
sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapitalning 
tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari barcha mamlakatlarda kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra, 
ayrim davlatlarda firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashga 
ruxsat beradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini 
belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida qoplab olish 
imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy 
fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy 
kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya 
ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining va binobarin mahsulot tannarxining oshib 


317 
ketishiga ham olib keladi. Bunday holatda mahsulot qiymati va bahosi oshadi
jadal amortizatsiya yuki iste’molchilar zimmasiga tushadi. 
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng avvalo
qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda 
o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning 
o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari 
o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish 
samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy 
kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan 
asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki 
ko‘rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (K
s
) va mahsulotning kapital sig‘imi 
(K
sig
) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin