Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan 
davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish 
vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish 
uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish vaqti uch 
qismdan iborat bo‘ladi: 
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id); 
2) turli tanaffuslar davri (Td); 
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri 
(Zd). 
Demak, 


313 
Зd
Тd
Id
Iv




 
Ish davri
– ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir
. Bu vaqt 
davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining 
uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning 
miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir. 
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir 
ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi.
Birinchi 
holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, 
kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi (quritish, achitish va 
shunga o‘xshash jarayonlar). Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, 
ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar 
vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish 
xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti – 
bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun 
zarur bo‘lgan davrdir.
Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik 
jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi 
tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. 
Transport shoxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini 
belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta 
hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir 
qiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin