313
Зd
Тd
Id
Iv
.
Ish davri
– ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir
. Bu vaqt
davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining
uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning
miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir.
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir
ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi.
Birinchi
holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy,
kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi (quritish, achitish va
shunga o‘xshash jarayonlar). Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi,
ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar
vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti –
bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun
zarur bo‘lgan davrdir.
Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik
jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi
tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi.
Transport shoxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini
belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta
hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir
qiladi.
Dostları ilə paylaş: